Serotonin




Serotonin , 50 ks i 3ra m inoetilindol, 5o ks itr i ptamin, C1()H12N2O — biologik faol modda. Mol. m. 176,21. Odam va hayvonlar qoni hamda toʻqimalarida bor. S. periferik nerv markazlari mediatori hamdir. Ilk bor 1947-yilda buka zardobidan ajratib olingan. S.boʻshliqichlilar, mollyuskalar, boʻgimoyoklilar, suvda va qurukda yashovchilarning zaharida, shuningdek, oʻsimliklarda uchraydi. S organizmda triptofan aminokislotalaridan sintezlanadi. Toʻqimalarda S. 5oksiindolilsirka kislotaga aylanib, organizmdan buyrak orqali ajraladi. S. tomirlarni toraytiradi, markaziy nerv sistemasi hamda hazm qilish, ajratish, endokrin sistemalar faoliyatining gumoral regulyasiyasida muhim rol oʻynaydi. Qonda (asosan, trombitsitlarda) 0,02—0,6 mg/l S. bor. S. almashinuvining buzilishi miokard infarqti, yara kasalliklari va baʼzi ruhiy kasalliklarga sabab boʻladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz