Serik Shapkenov




Shapkenov Serik Jambil ogʻli (qozoqcha: Серік Жамбылұлы Шапкенов, 1979-yili 29-iyulda tugʻilgan) – qozoq siyosatchisi, Atirau viloyatining hokimi.

Biografiyasi



Yoshligi



Serik Shapkenov Qoratoʻbe qishlogʻida (hozirgi Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Qoratoʻbin tumani Qoratoʻbe qishlogʻi) tavallud topgan. 2000-yili Gʻarbiy Qozogʻiston davlat universitetining iqtisodchi-matematik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni bitiradi. Keyin 2001-yilga qadar shu yerda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Karyerasi



Shapkenov 2001-yildan boshlab Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati hokimligining Atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʻarmasi va Tabiatdan foydalanish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2002-yili Moliya boshqarmasining yetakchi va bosh mutaxassisi, 2006-yili Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshligʻi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining direktor oʻrinbosari lavozimlariga tayinlanadi. 2007-yildan boshlab Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, 2009-yili esa yana rahbar boʻlib ishlagan.

U 2012-yili yanvar oyida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining hokim oʻrinbosari etib tayinlanadi. 2012-yilning 27-avgustida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib tayinlangunga qadar ushbu lavozimda ishlagan. 2015-yili yanvar oyidan boshlab 2016-yil 14-iyulgacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat nazorati va tashkiliy-hududiy ishlar boʻlimi davlat inspektori lavozimida ishlagandan soʻng, Atirau shahri hokimi etib tayinlangan. Shapkenov 2018-yilning 28-iyunida Atirau viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻladi. Keyin 2020-yil 22-mayda ishdan boʻshatilib, shu yilning 4-iyunida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

2021 – 2022 – yillari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri etib tayinlanadi.
2022-yili 7-apreldan Atirau viloyati hokimi boʻladi.

Mukofatlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz