Serhou Guirassy
Serhou Yadaly Guirassy (talaffuzi: Seru Girasi; 1996-yil 12-martda tugʻilgan) — hujumchi sifatida oʻynaydigan Fransiya futbolchisi. Liga 1 ning „Renn“ klubidan ijaraga olingan holda Bundesliganing VfB Stuttgart klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Gvineya terma jamoasini himoya qiladi
Shaxsiy hayoti
Guirassy Fransiyaning Arles shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Gvineyaning Boké viloyati Touba shahridan.
Klublardagi faoliyati
Guirassy ilk faoliyatini Montargis, Amilly va Laval klublarida boshlagan.
Lille
2015-yilning iyulida Girasi „Laval“dan „Lille“ga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 1 million yevro atrofida boʻlgani xabar qilingan.
1. FK Köln
Guirassy 1. FC Köln 2016-yil iyul oyida besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2016—2017-yilgi mavsumning birinchi yarmida mushaklardagi muammolari tufayli maydonga tusha olmadi. Bundesligadagi debyutini 2017-yilning 1-aprelida 26-turda, Hamburger SVga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. Bir necha kun oʻtgach, yana mushak muammolari tufayli maydonga tusha olmadi.
Amiens
2019-yilning yanvarida mavsum oxirigacha „Amiens“ga ijaraga berildi.
Rennes
2020-yil 27-avgust kuni Girasi 5 yillik shartnoma asosida Liga 1ning „Renn“ jamoasiga oʻtdi. Klubdabi dastlabki ikkita golini Nimesgaqarshi oʻyinda kiritdi, 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2020-yil 20-oktabrda Chempionlar ligasidagi ilk golini 2020—2021-yilgi mavsumda „Krasnodar“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi.
VfB Stutgartga ijara 2022-yil 1-sentabrda Bundesliganing VfB Stuttgart klubiga 2022—2023-yilgi mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi.
Xalqaro faoliyati
Guissary Fransiya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi oʻynagan. Biroq, ota-onasining vatani Gvineyanining professional darajadagi terma jamoasini himoya qilishga qaror qildi. 2022-yil 25-mart kuni Belgiyaning Kortrijk shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Afrika bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gvineya bilan debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
10-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻta[18]
Xalqaro
9-iyun, 2022-yil holati boʻyicha
Eslatmalar
Manbalar
uz.wikipedia.org