Sergio Córdova




Sergio Duvan Córdova Lezama (talaffuzi: Serxio Duvan Kordova Lezama) 1997-yil 9-avgustda Venesuelada tavallud topgan. Venesuelalik futbolchi „Real Salt Lake“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Sergio Duvan Córdova Lezama faoliyatini „Caracas“ futbol klubida boshlagan. 2015-yilning 12-iyulida u Venesuela Primyer ligasida „Tukanes“ jamosiga qarshi debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Sergio Duvan Córdova Lezama „Caracas“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi.

2020-yilning 17-avgustida Sergio Duvan Córdova Lezama „Augsburg“ futbol klubi bilan shartnomasini 2025-yilning yoziga qadar uzaytirdi va Bundesligaga yangi qoʻshilgan „Arminia Bielefeld“ jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati



2017-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Sergio Duvan Córdova Lezama Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Sergio Duvan Córdova LezamaPeru, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Braziliya va ikki marta Urugvay va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Ekvadorliklarga qarshi kechgan bahsda Sergio Duvan Córdova Lezama gol urdi.

Oʻsha yili Sergio Duvan Córdova Lezama Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda Sergio Duvan Córdova LezamaGermaniya, Vanuatu, Meksika, Yaponiya, AQSh, Urugvay va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nemislar, Vanuatu va meksikaliklarga qarshi bahsda.

2017-yilning 31-avgust kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda Sergio Duvan Córdova Lezama Venesuela terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz