Sergi Darder




Sergi Darder 1993-yil 22-dekabrda Ispaniyaning Arta shahrida tugʻilgan. ispaniyalik futbolchi, „Espanyol“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Sergi Darder „Espanyol“ futbol maktabi bitiruvchisi. 2012-yilda u „Malaga“ning zaxira jamoasi „Atletiko Malagenyo“ga oʻtdi. 2013-yilning yozida koʻp sonli asosiy futbolchilar jamoani tark etgach, yangi bosh murabbiy Bernd Shuster Sergi Darderni mavsum uchun tarkibga kiritdi. 17 avgust kuni Darder Li ligada „Valencia“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2014-yil 31-mart kuni „Betis“ga qarshi bahsda Sergi Sergi Darder hamsilar safida ilk golini urdi.

2015-yilning yozida Sergi Darder Fransiyaning „Lion“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. 20-sentabr kuni „Marsel“ga qarshi oʻyinda Sergi Darder Liga 1 da debyut qildi. 23-oktabr kuni Tuluzaga qarshi kechgan bahsda u „Lion“ safidagi ilk golini urdi.

2017-yilning yozida Sergi Darder oʻzining vatani „Espanyol“iga ijara asosida qaytdi. 9-sentabr kuni „Barcelona“ ga qarshi derbida u yangi jamoa safida debyut qildi. 2018-yilning 1-iyulida „Espanyol“ futbolchini „Lion“dan sotib olgandi. 2018-yilning 7-oktabr kuni futbolchi „Espanyol“ga qaytganidan keyin ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi



Barcha yosh toifalarini oʻz ichiga olgan holda, Sergi Darder Ispaniya milliy terma jamoasi uchun jami uchun 12 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi debyuti 2013-yilning 14-noyabrida boʻlib oʻtdi. 2015-yil UEFA chempionati saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina bilan safarda 6:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda Sergi Darder maydonga tushgan. Va futbolchi Sergi Darder umumhisobda 35 daqiqa maydonda toʻp surgan.

Statistika




Mukofotlar



Milliy unvonlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz