Sergi Barjuán




Sergi Barjuán Esclusa (talaffuzi: Serji Barjuan) (1971-yil 28-dekabrda tugʻilgan), Sergi nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda murabbiy.

„Barselona“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u toʻqqiz mavsum davomida asosiy jamoada oʻynagan va toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshgan. Professional klubdagi debyutidan koʻp oʻtmay Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va u ikkita Jahon chempionati hamda ikkita Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

2009-yilda Barjuán „Rekreativo“, „Almeriya“ va „Malyorka“ klublarini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Futbolchilik faoliyati



Klub



Kataloniyaning Barselona shahridagi Les Franqueses del Vallès shahrida tugʻilgan Sergi "Barselona " akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik u asosoiy jamoaga chaiqirilgan. 1999-yilgacha xar mavsumda 31 tadan kam oʻyin oʻtkazmagan va jamoaning shubhasiz asosiy oʻyinchisiga aylangan.

Murabbiy Lui van Gal bilan yuzaga kelgan muaommolardan soʻng, Sergi „ Atletiko Madrid“ga qoʻshilgan.

Xalqaro



"Barselona"ning asosiy tarkibiga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Sergi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoadagi debyutini 1994-yil 9-fevralda Polsha bilan Santa-Kruz-de-Tenerifeda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro 1996, 1998-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2000da qatnashgan. Terma jamoa libosida jami 56 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati



Barselona (yoshlar)



2009-yil iyul oyida, bir necha yil marketing va yoshlar uchun futbol lagerlarida ishlagandan soʻng, Barjuan „Juvenil B“ murabbiyi sifatida Barselonaga qaytgan. Oʻz faoliyati davomida u Jerar Deulofeu, Patrik va Rafinyaga ustozlik qilgan, ular oxir-oqibat kattalar jamoasida ham oʻynashgan.

Recreativo



Barjuan professional jamoalar orasida birinchi ishini 2012-yil 22-mayda boshlagan. U Segunda Divisiónda Recreativo de Huelva jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 18-avgust kuni oʻzining debyutida u Xerez CDga qarshi bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan.

El Dekanodagi ikkinchi yilida Barjuan soʻnggi kuni pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy bergan. Keyin u 2014-yil iyun oyida shartnomasini bekor qilgan va uning oʻrniga Xose Luis Oltra kelgan.

Almeria



Barjuan 2015-yilning 6-aprelida ishdan boʻshatilgan Xuan Ignasio Martinesni oʻrniga „UD Almeria“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini ikki kundan keyin boʻlib oʻtgan, sobiq klubi „Barselona“ga safarda 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan.

2015-yil 3-oktabrda Barjuan CD Tenerifega qarshi oʻz uyida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng klubdan chetlatilgan.

Mallorca



Barjuan oʻz faoliyatini 2017-yil aprel oyida RCD Mallorcada davom ettirgan. U mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketgan.

Zhejiang Greentown



2017-yilning 26-noyabrida 45 yoshli Barjuan oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va keyingi ikki mavsumda Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Zhejiang Greentown FC“ni boshqargan. U 2019-yil 4-iyulda klubdan chetlatilgan.

Barselona B



2021-yil iyun oyida Barjuan ikki yillik shartnoma asosida „Barselona Atletic“ga Fransisko Xaver Garsiya Pimientaning oʻrniga tayinlangan. 28-oktyabr kuni Ronald Kuman ishdan boʻshatilgach, Barjuan asosiy tarkibga vaqtinchalik rahbarlik qilib tayinlangan. Ikki kundan soʻng, debyutida uning jamoasi „Deportivo Alaves“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan. Ikkinchi oʻyinda Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Dinamo Kiev"ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Barselona

Ispaniya U21

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz