Sergey Zagulin




 

Sergey Pavlovich Zagulin (1961-yil 7-sentyabr, Kingisepp) — sovet va rus futbolchisi, faoliyati davomida futzalda ham toʻp surgan va bugungi kunda futzal murabbiyi hisoblanadi. Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati



Leningrad futbol maktabi tarbiyalanuvchisidir. U 1984-yil Sovet Armiyasida xizmat qilish uchun Namanganga yuborildi va harbiy xizmat davomida Kosonsoyning „Kasansaets“ jamoasida ikki mavsum davomida toʻp surgan. Kosonsoyliklar takibida SSSR Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston SSR musoboqalarida 24 ta oʻyinda 4 ta gol muallifi boʻlgan. 1986-yil amiya hizmati yakunlanganidan soʻng Magnitogorskning „Metallurg“ jamoasida 3 mavsum davomida oʻynadi. Metallurg jamoasida 76 ta oʻyinda 6 ta gol urdi. 1989-yil oʻzining tugʻilib oʻsgan vatani Kingiseppga qaytdi va mahalliy havaskorlar jamoasi „Fosforit“ (Kingisepp) zavod klubida toʻp surdi. 1992-yil SSSR parchalanishi bilan u Estoniyaning „Trans“ (Narva) klubiga oʻtdi. 1993-yilda u Novgorod shahrini mahalliy „Zarya“ futzal klubiga oʻtdi. Zarya jamoasi tarkibida Novgorod chempionatida ishtirok etdi. 1995-yilda u Kingisepp jamoasi tarkibida Narva meri kubogida uchinchi oʻrinni egalladi. 1995-yilda Pikalevoning „Metallurg“ havaskorlar jamoasi tarkibida mahalliy musboqalarda ishtirok etdi. Bugungi kunda futzal jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz