Sergey Zagrebelniy (shaxmatchi)




Sergey Nikolayevich Zagrebelniy (1965-yil 9-aprelda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan) — oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (1993).

U 1992-2002-yillarda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 6 ta olimpiadada ishtirok etgan, 1992-yil Manilada o‘tkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori .

Sport natijalari



Zagrebelniy 1988 —1990-yillarda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozongan. U 1992-yilda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 30-shaxmat olimpiadasida 2 ta kumush medalni (yakka va jamoaviy hisobda) qo‘lga kiritadi. Sergey Nikolayevich 1994—1996—1998—2000—2002-yillardagi shaxmat olimpiadalarida O‘zbekiston terma jamoasi safida ham shaxmat donalarini surgan . 1993-yilda shaxmat bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati va 1993-1995-yilgi Osiyo jamoalar o‘rtasidagi shaxmat chempionatlarida qatnashgan. Sergey 1998-yili Tehronda shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 4-7-o‘rinlarni egalladi . 2001-yilda Abu-Dabidagi Masters chempionatida g‘alabaga erishadi. Zagrebelniy muntazam ravishda ChessPro veb-saytida yirik shaxmat turnirlarining translyasiyalarini sharhlaydi.

Manbalar




Havolalar



Sergey Zagrebelniyning FIDE saytida shaxsiy profili

Chessgames.com maʼlumotlar bazasida Sergey Zagrebelniyning o'yinlari

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz