Sergey Yesin




Sergey Oleksandrovich Yesin (ukraincha: Сергій Олександрович Єсін ; 1975-yil 2-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq futbolchi va hozirgi murabbiy.

Futbolchilik faoliyati



Yesin Kerch shahrida tugʻilgan va katta futbol futbolga kirib kelguncha shu shahrning bolalar sport maktabiga borgan. Oʻsmirlik chogʻida Tavariya jamoasi maktabiga qoʻshilgan. Uning debyuti 17 yoshida Tvariya jamoasi tarkibida 1992-yilgi mavsumda Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga qarshi chempionlik oʻyiniga toʻgʻri keldi. Unda „Tavariya“ klubi haqiqiy sensatsiya yaratib, Kiyev jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi. Mustaqil Ukraina tarixidagi birinchi chempionga aylangan „Tavariya“ jamoasini taqdirlash vaqtida Sergey Yesinga chempionlik medallari berilmadi. Sababi sifatida belgilanagn reglamentdagi uchrashuvlar va maydonda oʻtkazgan daqiqalari yetmagan deb koʻrsatildi. Keyimgi mavsumda Chempionlar ligasida „Tavriya“ dastlab Irlandiya „Shelburn“ jamoasidan (Safarda 0:0, uy uchrashuvida 2:1 hisobida gʻalaba) muvaffaqiyatli oʻtgan bo‘lsa, keyingi turda Shveysariyaning „Sion“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi. (1:3, 1:4 Ikki uchrashuvda ham magʻlubiyat). Biroq Yesin bu uchrashuvlarning birortasida ham ishtirok etmadi. Tavriyaning navbatdagi muhim muvaffaqiyati 1993/94-yilgi Ukraina kubogi finalida ishtirok etish boʻldi. Unda Simferopol oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida „Chornomorets Odessa“ga yutqazdi.

Yesin Simferopolda oʻtkazgan oʻn yil davomida Ukraina chempionatida ikki yuzga yaqin oʻyin va kubokda oʻnga yaqin oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 1996-yilda u 1998-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichida Ukraina terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2000/01-yilgi mavsumning birinchi yarmi tugaganidan soʻng, tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli „Tavriya“ning asosiy tarkibidagi oʻrnini yoʻqotgan Yesin Xarkovning „Metalist“ taklifini qabul qildi. Varkov jamoasi tarkibida taxminan toʻqqiz oy futbol oʻynadi, shundan boʻlsada avvalgi dxarajasini tiklay olmadi. 2002/03-yilgi mavsumni yangi tashkil etilgan jamoada boshlagan"Sevastopol", keyin esa Oʻzbekiston oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan va 2004-yilda oʻzining sobiq jamoasi „Tavriya“klubiga qaytgan boʻlsa-da, avvalgidek oʻynay olmagan.

Terma jamoadagi ishtiroki




Yutuqlar



Jamoa kuboklari

Shaxsiy yutuqlar

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz