Sergey Tetyuxin
Sergey Yuryevich Tetyuxin (ruscha: Серге́й Юрьевич Тетюхин; 1975-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq rossiyalik voleybolchi. Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida tugʻilgan. Boʻyi 1,97 sm, oʻyindagi vazifasi hujumchi. Sergey Tetyuxin, Samuele Papi va Sergio Santoslar sport faoliyati davomida toʻrtta Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan uchta erkak voleybolchilar hisoblanishadi. Biroq Tetyuxinning oʻzi toʻrtta Olimpiada medaliga ega boʻlish bilan bir qatorda oltin, kumush va bronza medallarining uchalasini ham qoʻlga kiritgan yagona voleybolchi hisoblanadi. Shu jumladan, Tetyuxin London Olimpiadasida oltin medalga ham ega boʻlgan. U 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida bayroqdor boʻlib, jami hisobda oltita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Biografiyasi
Yoshlik yillari
Sergey Tetyuxinning bolalik yillari Farg‘onada o‘tgan. Sportchining birinchi murabbiyi uning otasi Yuriy Ivanovich hisoblanadi. Tetyuxinning sport faoliyatidagi ilk jamoa Toshkentning „Sharq qanotlari“ jamoasi bo‘lgan. 1992-yilda oʻzgargan ijtimoiy-siyosiy vaziyat va oʻz yurtida sport sohasida yuqori istiqbollarga erishish imkoniyatining pastligi sababli Tetyuxinlar oilasi Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilishadi va SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Yuriy Furaevning maslahati bilan Rossiyaning Belgorod shahriga kelishadi. U yerda Sergey Tetyuxin „Belogorie Belgorod“ jamoasiga qabul qilinadi.
Klubdagi karyerasi
1995-yilda Tetyuxin „Lokomotiv Belgorod“ klubi bilan birinchi marotaba Rossiya kubogini qoʻlga kiritadi, 1997 va 1998-yillarda esa mamlakat chempioniga aylanadi va 1999-yilga kelib, ilk marotaba chempionatning eng qimmat sportchisi sifatida tan olinadi va Andrey Kuznetsov mukofotiga ega chiqadi. 1999—2000-yilgi mavsumda Tetyuxin ikki rossiyalik sportchi Ilya Saveliyev va Stanislav Dineykin bilan birgalikda Italiyaning „Parma“ klubida oʻynay boshlaydi. Birinchi mavsumni A1 seriyasida oʻtkazgan jamoa, asosan, rossiyalik trio tufayli, mavsumda beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻladi.
Shaxsiy hayoti
Sergey Tetyuxinning ota-onasi Yuriy Ivanovich va Lyubov Oblakimovna — Rossiyada xizmat koʻrsatgan voleybol murabbiylari, Belgorod viloyatidagi 22-sonli Belgorod gimnaziyasi hisoblanishadi. Kichik ukasi Oleg voleybol boʻyicha sport ustasi va voleybol hakami.
Sergey va uning rafiqasi Natalyaning uchta oʻgʻli bor. Ular: Ivan, Pavel va Aleksandr. Pavel Tetyuxin (2000-yilda tug‘ilgan) 2018—2019-yilgi mavsumdan beri „Belogorie Belgorod“ ning asosiy jamoasi safida autsayder sifatida o‘ynab kelmoqda. 2021-yilning sentabr oyida esa ilk marotaba Rossiya terma jamoasi safida oʻyin olib bordi.
Mukofotlari
Shaxsiy
Klublar
CEV Chempionlar Ligasi FIVB klublar oʻrtasidagi jahon chempionati CEV kubogi CEV Chellenj kubogi Milliy chempionatlar Milliy terma jamoa
Katta jamoa Yoshlar jamoasi Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org