Sergey Svetunkov




Sergey Gennadyevich Svetunkov (1960-yil 31-avgust, Toshkent) — rus olimi — iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, professor.

Tarjimai holi



Abu Rayhana Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining energetika fakultetini tamomlagan, „Elektr stantsiyalari“ ixtisosligi boʻyicha (1982, imtiyozli diplom).

1983-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ NPO sirtqi aspiranturasiga oʻqishga kirgan va 1989-yilda Leningrad muhandislik-iqtisodiyot institutida 08.00.13-ixtisosligi boʻyicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1995-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universitetida 08.00.05-ixtisosligi boʻyicha iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy faoliyati



Iqtisodiy prognozlash, marketing tahlili, iqtisodiy bozor konyunkturasini tahlil va prognozlash, iqtisodiy va matematik modellashtirish, ekonometrika, tadbirkorlik va raqobat nazariyasi boʻyicha rus va ingliz tillarida 200 dan ortiq nashrlar (rus va xorijiy yetakchi ilmiy jurnallardagi maqolalar, monografiyalar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar) muallifi.

S.G.Svetunkov ilmiy rahbarligida 30 dan ortiq iqtisod fanlari nomzodlari va doktorlari tayyorlangan.

Ilmiy tadqiqotlar Soros jamgʻarmasi granti (1993), „Ochiq jamiyat“ jamgʻarmasi va Rossiya federatsiyasi Oliy taʼlim vazirligining qoʻshma granti (1994—1995), Rossiya gumanitar fondi va Rossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasining koʻplab grantlari (1998—2021-yillar davomida) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. 1997—2021-yillar davomida Rossiya gumanitar fondi va Rossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasining iqtisod boʻyicha ekspert kengashlari aʼzosi boʻlgan.

Asosiy ilmiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy taʼlimdagi pedagogik va boshqaruv faoliyati



Oʻqituvchilik faoliyatini oʻzi oʻqigan oʻquv yurtida „Energetika iqtisodiyoti va uni tashkillashtirish“ kafedrasi assistenti lavozimida boshlagan (1982—1989).

1990-yildan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Ulyanovsk filialida ishlagan, keyinchalik Ulyanovsk davlat universitetiga aylantirilgan. 1990-yildan — „Iqtisodiyot“ kafedrasi dotsenti, soʻngra dotsent, „Menejment“ kafedrasi professori, Iqtisodiyot fakulteti dekani (1997), „Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish“ kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan. 1997—1999-yillarda — Ural davlat universiteti Iqtisodiyot va biznes instituti direktori lavozimida ishlagan.

1996-yildan (1999-yildan — toʻliq stavkada) Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot-moliya universiteti — Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida ishlagan. Marketing kafedrasi professori (1996—2002), filiallarni boshqarish va masofaviy taʼlim boʻyicha prorektor (2002-2006), „Iqtisodiy kibernetika va iqtisodiy-matematik usullar“ kafedrasi professori, mudiri (2007—2012) lavozimlarida ishlagan.

2012—2014-yillar davomida — „Gorniy“ Milliy mineral-xom ashyo universiteti professori.

2014—2018-yillar davomida — „Oliy iqtisodiyot maktabi“ Milliy tadqiqot universitetining „Marketing texnologiyalari“ magistratura yoʻnalishi professori, akademik rahbari.

2018-yildan hozirgi kungacha Buyuk Pyotr Sankt-Peterburg politexnika universitetida Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo instituti biznes muhandisligi oliy maktabi professori lavozimida ishlaydi.

Davlat va xususiy tashkilotlardagi faoliyati



1989—1990-yillar davomida — Oʻzbekiston Komsomol Markaziy Qoʻmitasining rejalashtirish, moliya va nazorat-taftish sektori mudiri (Talabalar qurilish otryadlari respublika shtab-kvartirasi).

1995—1997-yillar davomida — UAZ bosh direktorining iqtisod boʻyicha maslahatchisi (oʻrindoshlik asosida).

Asosiy nashrlari



Ilmiy davriy nashrlardagi nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monografiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Badiiy adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz