Sergey Rusetskiy
Sergey Rusetskiy ( belaruscha: Сяргей Русецкi; ruscha: Серге́й Русецкий; 1989-yil 8-martda tugʻilgan) — belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 2020-yildan Minskning Zorka-BDU ayollar klubi bosh murabbiyi.
Faoliyati
Rusetskiy o'z faoliyatini 3-ligadagi „Zvezda-BGU Minsk“ jamoasida o'ynashdan boshlagan. 2008 yil boshida Chexiyaning FK Banik Most jamoasiga o'tdi.
2008-yildan 2011-yilgacha Chexiyaning ikkinchi divizioni ishtirokchisi hisoblangan „FK Banik Most“ klubi futbolchisi bo'lgan. 2009-yilda „Chomutov“ga ijaraga berilgan. 2012-yilda „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. O'sha yili ijara asosida Shvetsiyaning „Brage“ futbol klubida o'ynadi.
2013-yil boshida u yana „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. Lekin yozda jarohati tufayli jamoani tark etdi.
2014-yilning avgust oyida „Dnepr Mogilev“ klubi futbolchisiga aylandi. 2015-yildan boshlab Rusetskiy yana Zvezda-BGU Minskda o'ynay boshladi. 2016-yilgi mavsumning aksariyat qismini jarohati sababli o'tkazib yubordi.
2018-yilning birinchi qismida „Buxoro“ safida to'p surgan. Ulugʻbek Baqoyev qoʻl ostidagi jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. 2018-yilning 2-mart kunida Buxoro klubi Buxoro viloyatidagi musiqali drama teatrida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini oʻtkazgan va shu marosim davomida Sergey Rusetskiyga 89-raqamli futbolka topshirilgan. Iyul oyida Rusetskiy Belarusga qaytib, „Smolevichi“ klubi safiga o'tdi. 2019-yilning yanvarida „NFK Minsk“ klubiga o'tdi va avgust oyida jamoani tark etdi.
Umumiy hisobda Rusetskiy Belarus Premier-ligasida 21ta o'yin o'tkazgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org