Sergey Rodionov




Sergey Yuryevich Rodionov (1962-yil 3-sentyabrda Moskvada tugʻilgan)-sovet va rus futbolchisi, hujumchi, murabbiy, futbol funksioneri. Hozirda F.F.Cherenkov nomidagi "Spartak" akademiyasining prezidenti. SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi (1989).

Tarjimai holi



10 yoshidan boshlab oʻqigan „Spartak“ oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi.

1978-yilda „Krasnaya Presnya“ jamoasida oʻynagan.

1979-yildan beri Moskvaning „Spartak“ klubida.1980-yillarda Fedor Cherenkov va Yuriy Gavrilov bilan birgalikda u „Spartak“ning asosiy hujumchi kuchi edi.SSSR chempionatlarida (oliy liga) 279 ta oʻyin oʻtkazib,119 ta gol urgan.

1980-yil 27-avgustda 17 yosh 358 kunligida SSSR terma jamoasida Vegriya terma jamoasiga qarshi oʻyinning 84-daqiqasida Sergey Andreev oʻrniga maydonga tushdi. Oradan bir daqiqa oʻtib Rodionov urilgan gol muallifiga aylandi.Terma jamoadagi oldingi debyut oʻyinida faqat Eduard Streltsov gol urgan edi.

1990-yilda u Fransiyaga joʻnab ketdi. Biroq koʻplab jarohatlar tufayli „Red Star“dagi faoliyati muvaffaqiyatli boʻlmadi.Fransiyaga kelgandan soʻng tizzaning xoch ligamentlari „uchib ketdi“ shuning uchun u uzoq vaqt davolandi.

1992/93-yilgi mavsum boshlanishidan bir necha kun oldin u oʻrtoqlik oʻyinida yelkasidan jarohat oldi.Shu sababli u 5 oyni oʻtkazib yubordi.U 1992-yilning noyabrida maydonga tushdi.U bilan jamoa 10 ta oʻyinda magʻlubiyatsiz yaxshi seriyaga ega boʻldi.

Jarohatlari tufayli bir yilu ikki oyni oʻtkazib yubordi.Shunga qaramay u oʻzining samimiy oʻyini bilan klub muxlislari eʼtirofiga sazovor boʻldi.

1993-yil oʻrtalarida u „Spartak“ klubiga qaytib keldi va u yerda 1995-yilgi mavsum oxirigacha oʻynadi.

1996-1998-yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng Moskvaning „Spartak-2“ jamoasiga,2001-2003-yillarda esa Moskvaning „Spartak“ klubining shogirdlariga ustozlik qilgan.

2004-yilda Maxachqalaning "Anji"klubiga,2004-2006-yillarda yana Moskvaning „Spartak“ klubi zaxira jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2006-yil 26-apreldan 2011-yil yanvarigacha-asosiy jamoaning ikkinchi murabbiyi.2010-yil dekabr oyida u Moskvadagi Oliy Iqtisodiyot maktabida 240 soatlik malaka oshirish kursini tamomladi va Pro litsenziyasini oldi.

2011-2015-yillarda-"Spartak" futbol akademiyasining prezidenti.

2015-yil 2-iyundan-"Spartak" bosh direktori.2018-yil 18-dekabrda u o‘z lavozimini tark etib, sport direktori bo‘ldi, bu lavozimda 2019-yilning may oyi oxirigacha ishladi.

2019-yil 6-avgustda u F.F.Cherenkov nomidagi „Spartak“ akademiyasiga qaytdi va u yerda prezident boʻldi.

Yutuqlari



Futbolchi sifatida erishilgan yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz