Sergey Rijov




Sergey Nikolayevich Rijov (1903, Tula gubernyasi, Rossiya — 1981.21.1, Moskva) — tuproqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), professor (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1931). SoyuzNIXIda laboratoriya mudiri (1934—49), direktor (195457); ayni vaqtda Oʻrta Osiyo universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va agronomiya kafedrasi mudiri (1942—55). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitseprezidenta (1957—61). VASXNILning Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori (1962—63). 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenta. Ilmiy ishlari Urta Osiyo sharoitida gʻoʻzani sugʻorish, tuproq xossalarini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz