Sergey Raxmaninov haykali (Moskva)
Sergey Raxmaninov haykali — 1999-yilda Moskvada Strastnoy bulvarida oʻrnatilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar O. K. Komov, A. N. Kovalchuk va meʼmor Y. P. Grigoryev. Yodgorlik qayd qilingan madaniy meros obyekti hisoblanadi.
Tarixi
Dastlab rus bastakori Sergey Raxmaninov (1873-1943) haykali Tambov sohilboʻyida oʻrnatilishi rejalashtirilgan edi. Haykaltarosh Oleg Komov (1932-1994) yodgorlik ustida ishlashni boshladi, lekin u haykaligini deyarli tugatgan chogʻida vafot etadi. Ushbu yodgorlikni oʻrnatish uchun haykaltaroshning qarindoshlari juda koʻp haq soʻrashgan, shuning uchun Tambovga oʻrnatish rejasi bekor qilindi.
Tez orada ushbu yodgorlikni Moskvadagi Strastnoy xiyoboniga oʻrnatishga qaror qilindi. Haykalni Raxmaninov 1905-yildan 1917-yilgacha yashagan 5-uy yaqinida oʻrnatishga qaror qilindi. Oleg Komovning ishini uning shogirdi, haykaltarosh Andrey Kovalchuk yakunladi. Yodgorlikni oʻrnatish boʻyicha ishlar „Transinjstroy“ OAJ direktori, bastakorning qarindoshi Yuriy Raxmaninov boshchiligida amalga oshirildi.
Yodgorlik ochilishi 1999-yil 12-noyabrda boʻlib oʻtdi. Bu Raxmaninovning dunyodagi birinchi monumental yodgorligi edi. Tantanali marosimda madaniyat vaziri Vladimir Yegorov, Moskva meri Yuriy Lujkov, Rossiya Bastakorlar uyushmasi raisi Vladislav Kazenin, Raxmaninov jamiyati prezidenti professor Viktor Merjanov, Moskva konservatoriyasi professori Aleksey Kandinskiy va Yuriy Raxmaninov ishtirok etdi.
Tavsifi
Raxmaninovning bronza haykali kubikli granit tagkursiga oʻrnatilgan. Bastakor kontsert libosida va stul suyanchigʻiga suyangan holda tasvirlangan. Qomatida biroz keskinlik aks etadi. Yuzida — mayin tabassum. Oʻychan nigoh uzoqlarga, uzoq yillar davomida yashagan uyiga qaratilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Sergey Raxmaninov haykali Moskva shahrida joylashgan va taniqli rus bastakori, pianinochisi va dirijori Sergey Raxmaninovni yodga olish uchun o‘rnatilgan monumentlardan biridir. Raxmaninov (1873–1943) rus klassik musiqasining eng buyuk namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari, xususan, pianino uchun kompozitsiyalari va konsertlari, butun dunyo bo‘ylab tan olingan va qadrlanadi.
Moskva shahrida Raxmaninov haykali odatda uning tarixiy makonlarga yaqin joyda o‘rnatiladi, bu yerda san’atsevurlar va musiqasevarlar uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Haykal odatda Raxmaninovning musiqaga bo‘lgan mehrini aks ettirgan holda, uni pianino chetida yoki musiqiy ijrochi sifatida tasvirlaydi.
Agar siz aynan qaysi joyda yoki qachon o‘rnatilgani haqida batafsil ma’lumot izlayotgan bo‘lsangiz, Moskva shahrining madaniy yodgorliklar ro‘yxatiga murojaat qilish yoki shahar arxitektura boshqarmasi bilan bog‘lanish tavsiya qilinadi. Shuningdek, Raxmaninov haykali haqida ko‘proq ma’lumotni rus tilidagi madaniyat va musiqa tarixi manbalaridan ham topish mumkin.