Sergey Pokatilov




Sergey Konstantinovich Pokatilov (ruscha: Покатилов, Сергей Константинович; 30-dekabr 1950-yil, Ashxobod – 11-avgust, 1979-yil, Kamianske) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, darvozabon pozitsida oʻynagan.

Tarjimayi holi



Sergey Turkmaniston SSR futboli maktabi tarbiyalnuvchisi hsioblanadi. Sergeyning birinchi murabbiylari V. Kuznetsov va S. Zolotarev undagi iqtidorni payqab Ashxobodning „Quruvchi“ jamoasiga tavsiya qilshgan. Dastlabki faoliyatini 18 yoshida, 1968-yilda Ashxobodning „Stroitel“ jamoasi tarkibida boshlagan. „Stroitel“ jamoasi darvozasini 5 yil davomida himoya qilganidan soʻng, 1974-yilda Oʻzbekiston SSRning bayroqdor jamoasi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1975-yilgi mavsumda jiddiy jarohat oldi va uzoq vaqt davolanishiga toʻgʻri kelgan. Oʻz sport formasini tiklagan Sergey yana „Paxtakor“ klubida mashgʻulotlardagi mehnati evaziga birinchi darvozabon boʻlish huquqini qoʻlga kiritagan. 1977-yilda jamoa SSSR Oliy Ligasiga qaytganida, Sergey jamoaga katta yordam berdi, bir qancha oʻyinlarni, ayniqsa, ikkinchi davrada juda yaxshi saviyada oʻtkagan. Sergey toshkentliklar klubi tarkibida 6 yil davomida oʻynagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz