Sergey Novikov




Sergey Petrovich Novikov (ruscha: Серге́й Петро́вич Но́виков) (1938-yil 20-martda tugʻilgan) — sovet va rus matematigi. Novikov algebraik topologiya hamda soliton teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yilda Fields medaliga, 2005-yilda esa Wolf mukofotiga sazovor boʻlgan.

Novikov taniqli matematiklar Pyotr Novikov hamda Lyudmila Keldishlar oilasida tugʻilgan. 1960-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1964-yil fan nomzodi, 1965-yil esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1981-yil SSSR Fanlar akademiyasining toʻliq aʼzosi etib tayinlangan.

Olim karyerasi boshida bordizmlarni oʻrgangan. Pontryagin sinflarining topologik oʻzgarmasligini isbotlagan va Novikov gipotezasi oʻrtagan tashlagan. Ayna shu yoʻnalishdagi ishlari uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Olim mukofotni olish uchun Nicega sayohat qilishiga ruxsat berilmagan. Natijada medalni 1970-yil Xalqaro matematika jamiyati yigʻinda olgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz