Sergey Mozgov
Sergey Aleksandrovich Mozgov (ruscha: Серге́й Александрович Мозгов; 1995-yil 10-martda tugʻilgan) — figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Betina Popova bilan birga 2017-yilda Warsaw Cup chempioni. Sobiq sherigi Anna Yanovskaya bilan birga esa 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati
Mozgov konkida uchishni 1999-yilda boshlagan. Faoliyatining boshida u Sabina Adigamova bilan raqobatlashgan.
Yanovskaya bilan juftlikda
Mozgov 2011-yilda Anna Yanovskaya bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Moskvada Svetlana Alekseyeva murabbiylik qilgan.
Yanovskaya va Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Dasturlari
Yanovskaya bilan
Natijalari
GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Yanovskaya bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org