Sergey Mavrodi




Sergey Panteleyevich Mavrodi (1955-yil 11-avgust, Moskva, SSSR – 2018-yil 26-mart, Moskva, Rossiya) – bir qancha moliyaviy piramidalarning asoschisi, siyosatchi va yozuvchi. Rossiyadagi eng yirik moliyaviy piramida hisoblangan „MMM“ OAJning yaratuvchisi sifatida tanilgan. „MMM“ OAJdan zarar koʻrganlar soni 10-15 million kishi va yetkazilgan zarar baʼzi maʼlumotlarga koʻra 3 milliard rublgacha boradi.

2003-yilda katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan va sud jarayonida 10 454 kishi jabrlanuvchi deb topildi.

1994-1995 yillarda Davlat Dumasining deputati boʻlgan va Ukrainada „Xalq poytaxti“ va „MMM“ partiyalariga (ukraincha: Ми Маємо Мету) asos solgan.

Biografiyasi



Sergey Panteleyevich Mavrodi 1955-yil 11-avgustda Moskvada tavallud topgan. Millati: onasi tomonidan rus, otasi tomonidan yarmi ukrain va yarmi yunon. Otasi – Panteley Andreyevich Mavrodi (1980 yilda oʻpka saratonidan vafot etgan), onasi – Valentina Fedorovna Mavrodi (niya Monaxova) – (1986 yilda jigar saratonidan vafot etgan). Kichik ukasi – Vyacheslav (1962 yilda tugʻilgan).

"MMM"



1989-yilda SSSRga import qilingan kompyuterlar va butlovchi qismlar bilan savdo qiluvchi " MMM " kooperativiga asos solgan. Vaqt oʻtishi bilan turli faoliyat sohalarida yana bir necha oʻnlab tijorat tuzilmalari yaratildi. 1992-yilda " MMM " aksiyadorlik jamiyati roʻyxatga olindi va keyinchalik Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaga aylandi. Ushbu moliyaviy piramidadan tahminan 10-15 milliongacha odam jabr koʻrgan.

Vafoti




2018-yil 26-mart kuni Sergey Mavrodi Moskvaning Polikarpov koʻchasidagi avtobus bekatida yurak ogʻrigʻi sabab tez yordam chaqirildi. Shifokorlar Mavrodini tunda 67-sonli Moskva shahar kasalxonasiga olib borishdi va u yerda yurak xurujidan vafot etgan.

Kitoblari




Televideniyeda




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz