Sergey Maduev
Sergey Aleksandrovich Maduev (
Ali Arbievich Maduev ; 1956-yil 17-iyun — 2000-yil 10-dekabr) — mashhur sovet bosqinchilaridan biri, shuningdek, seriyali qotil boʻlgan. Koʻpchilik uni „Chervones“ laqabi bilan tanigan. Lekin u oʻzini „Qonundagi oʻgʻri (yaʼni Vor vne zakona)“ deb atagan. Oʻzining jinoiy faoliyatini 1970-yillarda boshlaganiga qaramay, uning eng shov-shuvli jinoyatlari 1980-yillarning oxirida sodir boʻlgan. Shuning uchun Maduev bugungi kunda Sovet davrining soʻnggi jinoyatchilaridan biri hisoblanadi.
Maduev 1991-yil mart oyida ishqiy munosabatda boʻlgan tergovchi ayolning yordami bilan Kresti qamoqxonasidan qochishga harakat qiladi. Ammo bu muvaffaqiyatsiz urinishidan soʻng mashhurlikka erishdi.
Bolalik yillari va ilk jinoyati
Ali Arbievich Maduev Qozogʻiston SSRdagi Qaragʻanda qamoqxonasida deportatsiyaga qarshilik koʻrsatganlikda ayblangan chechen va chayqovchilikda ayblangan koreys ayolning toʻrtinchi farzandi boʻlib tugʻilgan (baʼzi manbalarda uning qamoqxonada tugʻilgani aytiladi). Ozodlikka chiqqach, Maduevning otasi oilani tashlab ketadi. Maduev olti yoshida oʻgʻirlik qila boshlagan. 1974-yil avgust oyida Olmaota viloyatining Qorasoy tuman sudi tomonidan oʻgʻirlikda ishtirok etgani uchun 6 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi (bu uning ilk jazosi edi). 1980-yilda qamoqdan chiqqanidan keyin Maduev turli xil oʻgʻirlik va talonchilik bilan shugʻullanadi. Buning uchun 1981-yil fevral oyida yana 15 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi.
U ikkinchi bor qamoq jazosini oʻtayotganda 12 ta jinoyatchining hujumiga dosh berishiga toʻgʻri keladi. Ular Tbilisi va Toshkentdan bir necha „qonundagi oʻgʻri“larining „umumiy fondi(obщak)ni“ oʻzlashtirgani uchun uni oʻldirishni maqsad qilgan. Maduev bundan soʻng anchagina obroʻ qozondi va jamoa etakchisiga aylandi. Shundan keyin „Chervonets“ laqabini oldi. Shunga qaramay, boshqa jinoyatchilar uni agar kerak boʻlsa, qurolini ishlatishga ham tayyor boʻlgani uchun „qonunsiz“ odam deb bilishgan
Qochish va yangi jinoyatlar
1988-yilda Maduev ochiq qamoqxonaga oʻtkaziladi. U bu yerdan darhol qochib ketadi va qidiruvga beriladi. Avvaliga SSSR boʻylab beadab oʻgʻirlik va talonchilik toʻlqini tarqaldi. Maduevning izlari Sibir, Moskva viloyati va Grozniy hududlaridan topildi. Grozniydagi talonchilik qurbonining aytishicha, Maduevning sherigi bir qizni zoʻrlamoqchi boʻladi. Lekin Maduev bunga toʻsqinlik qilgan. Yana bir holatda, Maduevning qurbonlaridan biri toʻsatdan oʻzini yomon his qildi. Shu payt Maduev qoʻshni uydagi dorixonaga borib, hozirgina oʻzi tunab ketgan odam uchun tez yordam chaqirdi. Shu sababli jabrlanuvchining hayoti saqlab qolindi.
Biroq tez orada Maduev oʻz qurbonlarini oʻldirishni boshlaydi. Birinchi bor, Rostov viloyatida sherigi Roman Chernishev bilan birgalikda uchta qotillikni sodir etilgan. Qurbonlar Shalumovlarning turmush oʻrtoqlari boʻlib, ular oʻgʻirlik paytida shovqin koʻtarishga uringan. Ikki jinoyatchi oʻz izlarini yashirish maqsadida uyga oʻt qoʻyadi. Natijada er-xotinning uy ichidagi 1 yoshli oʻgʻlini tiriklayin yoqib yuborishgan. Jasadlarning biridan chiqarilgan oʻq Sovet Ittifoqida kam uchraydigan oʻqotar qurol — ČZ vz.27dan otilganligi aniqlangan. Jinoyat sodir boʻlgan joyda oq „Volga“ ham koʻrinadi. Keyinroq mashina topilgach, xuddi shu toʻpponchadan otilgan yana bir oʻq ham topilgan. Mashinaning egasi uni qaynisi Sergey Maduevga bergani bilan izohladi. Shundan soʻng Maduev yana ittifoqlararo qidiruvga berilgan.
1989-yil 6-iyunda Maduev va Chernishev Astraxan viloyatida talonchilik maqsadida qoʻsh qotillik sodir etishdi. Shundan soʻng Maduev mamlakat boʻylab sayohat qildi: Oʻzbekiston SSRda baʼzi oʻgʻrilardan 200 ming rubl oʻgʻirlagan. Keyin Maduev gruziyalik „qonun oʻgʻrisi“ni talon-toroj qildi. Gruziyalikning klani keyinchalik unga qarshi urush eʼlon qiladi. Oʻsha yili u Leningradda bir qator oʻgʻirliklar sodir etgan. Bulardan biri jabrlanuvchining ogʻir jarohati bilan tugagan. Jabrlanuvchi 1990-yil fevral oyida, Maduev hibsga olinganida vafot etdi. Oradan koʻp oʻtmay, Maduev oʻnlab odamlarning koʻz oʻngida Leningraddagi kafeda eshik qoʻriqchisini otib oʻldirdi. Shundan soʻng u ortiga oʻgirilib soʻradi: "Ehtimol, yana kimdir xohlar? ".
1990-yil yanvar oyida Maduev va Chernishev ertasi kuni oʻgʻirlik qilishni rejalashtirib, Toshkentga kelishdi. Oʻirlik vaqtida Chernishev yaralanadi. Maduev sherigiga yordam berish oʻrniga uni va uy egasini toʻpponcha bilan otib oʻldirgan. Ertasi kuni Maduev Toshkent vokzalida militsiyachi tomonidan hibsga olinib, qoʻliga kishan solinadi. Hibsxonaga keltirilgach, u militsiya xodimlariga granata bilan tahdid qilib, qoʻyib yuborishlarini talab qiladi. Lekin militsiya hodimi uning qoʻliga oʻq uzadi. Granata yerga tushadi, ammo portlamaydi. Shundan soʻng ular Maduevning qoʻlidagi granata oʻquv-mashq granatasi ekanligini aniqlashadi.
Tergov, qochish va hukm
Maduev Leningraddagi Kresti qamoqxonasiga oʻtkaziladi. Oʻzining qatl etilishiga shubha qilmaydi. Oʻz ixtiyori bilan guvohlik berib, sheriklarini topshirib, jinoyat sodir boʻlgan joylarni koʻrsatgan. Bayonnomalarni oʻqimay turib imzolagan. U 60 dan ortiq jinoyatda ayblangan, shulardan kamida 10 tasi qotillik boʻlgan.
1991-yil 3-mayda konvoy Maduevni Moskvaga olib borishi kerak edi. u yerda uning ikki sherigi — aka-uka Murzabekovlar jazoni oʻtayotgan edi. Kutilmaganda Maduev revolver chiqarib, devorga qarata oʻq uzadi. Soqchilarga uni qoʻyib yuborishlarini buyuradi. U qochib ketmoqchi boʻlib, mayor Ermolayevga qarata oʻq uzgan, lekin mayorning jonini saqlab qolishgan. Maduev qoʻlga olinadi va tergovchilar uning qurolni qanday qoʻlga kiritgani haqida surishtiruv boshlaydi. Maʼlum boʻlishicha, bu prokuraturadagi seyfdan oʻgʻirlangan revolver boʻlib, Maduev Leningrad va Toshkentda qotilliklarini shu bilan sodir etgan.
Qochishga urinish uchun Vyborgskiy tumani prokurori Kruglov boshchiligidagi maxsus tergov guruhi tuziladi. Ammo, aslida, tezkor tergov harakatlarining butun hajmi KGB tomonidan amalga oshiriladi. Polkovniklardan biri Vladimir Georgiev qurolni kim taqdim etganini aniqladi. Bu Maduev ishi boʻyicha tayinlangan guruhning tergovchisi Natalya Vorontsova boʻlib chiqdi. Maduev ayolning rahmini keltirgan va oʻziga ishontirgan. ular oʻrtasidagi munosabat mustahkamlangach, Maduev bundan oʻz manfaati yoʻlida foydalangan. Keyinchalik Vorontsova 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu voqea „Qamoq romantikasi“ filmiga asos boʻldi.
Maduev yana ikki marta qochishga uringan: birinchi urinishda u qandaydir nonga yashiringan toʻpponchadan foydalanib qochishga harakat qilgan. U ayol qoʻriqchi tomonidan taqdim etilgan quroldan foydalangan. Keyinchalik u hibsga olinadi va soʻroq paytida tergovchilarga jinoyatchi uni gipnoz qilgani haqida aytgan.
1995-yil 10-iyulda Sankt-Peterburg shahar sudi Sergey Maduevni ikkita qotillik va boshqa koʻplab jinoyatlari uchun oʻlimga hukm qildi. Biroq, moratoriy joriy etilganligi sababli, oʻlim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi. Dastlab Maduev Kresti qamoqxonasida, keyin esa Novocherkasskda saqlangan. 2000-yil noyabr oyida u Qora delfinlar qamoqxonasiga oʻtkazilgan. Oʻsha yilning dekabr oyida u yurak yetishmovchiligi va diabet asoratlaridan vafot etadi.
Kinematografiya
Musiqa
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org