Sergey Lyaxov




Sergey Tixonovich Lyaxov — sovet yengil atletikachisi, baksiyor va jismoniy tarbiya yetakchisi .

Xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1936). U Moskvada Ashxobod – " Dinamo „ sport jamiyatida 1930 yilgacha oʻynagan.

1928-1940- yillarda SSSRning 10 karra chempioni, yadro uloqtirish, disk uloqtirish va bolgʻa uloqtirish boʻyicha koʻp karra SSSR rekordchisi hisoblanadi.

Biografiya



1930-yillar boshida Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va Turkmaniston SSRda Jismoniy tarbiya qoʻmitasida ishlagan.

1920-yillarning oxiri – 1930-yillarda u SSSRda yengil atletika boʻyicha yetakchilardan biri boʻlgan, oʻsha payt ittifoq ichida yengil atletika boʻyicha salmoqli natijalarga erishgan edi. Boks boʻyicha SSSR chempionatlarida ham qatnashgan.

Yadro uloqtirish va bolgʻa uloqtirish boʻyicha asosiy bahs Lyaxov va Aleksandr Shextel oʻrtasida boʻlgan. Bu ikki sportchilar oʻrtasidagi mjsobaqa koʻplab bahslarga sabab boʻlgan. 1930-yillarning oʻrtalarida Aleksandr Kanaki yadro uloqtirish boʻyicha soʻzsiz yetakchiga aylandi. Disk uloqtirishda Lyaxovning yetakchiligi sezilarli boʻldi. U SSSR chempionatlarining aksariyatida gʻolib chiqdi va 1934-yildan beri u SSSR rekordini doimiy ravishda ushlab turgan. Keyinchalik uning 1939-yilgi rekordi (bu dunyoning eng yaxshi oʻnta mavsum natijalariga kirdi) faqat 1948-yilda Xayno Lipp tomonidan yangilandi.

1948-yildan Oʻzbekiston SSRda yengil atletika boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, Toshkent jismoniy tarbiya texnikumida dars bergan, koʻplab shogirtlar yetishtirgan.

1961-yil mart oyida vafot etgan.

Oilasi



Sergey Lyaxov SSSR/MDHda birinchi sport sulolalaridan biri (3 avlodi) hisoblanadi:

Sport yutuqlari




Xotirasi




Mukofotlari




Eslatmalar




Manbalar




Sport natijalari




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz