Sergey Lushan




Sergey Ivanovich Lushan (1973-yil 14-iyun, Oʻzbekiston SSR, Bekobod shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi himoyachi ampulasida oʻynagan.

Faoliyati



Klub



Uning yoshlikdagi futbolchilik faoliyati olti yoshida „Paxtakor“ futbol akademiyasida boshlangan. Lushanning birinchi professional klubi Patriot Moskva boʻlgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Rossiyaning „Okean Naxodka“, „Krilya Sovetov Samara“, „Rostselmash Rostov-na-Donu“ va boshqa klublarida oʻynagan. 2007-yilda „Bunyodkor“ga oʻtib, ikki mavsum oʻynagach klubda oʻz faoliyatini yakunlagan. 

Xalqaro faoliyati



Lushan 1998-yildagi debyutidan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 28ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan. U 1998-yil 16-noyabrda Hindistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Murabbiylik faoliyati



2008-yilda futbolchilik faoliyatini „Bunyokdor“da yakunlab, klubning yoshlar akademiyasi direktori etib tayinlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston yoshlar ligasida toʻp suradigan „Bunyodkor“ yoshlar jamoasi oʻrinbosarlari murabbiyi etib tayinlangan. 2013/2014-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surayotgan „Bunyodkor-2“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2014-yilning 11-martida Aleksey Yevstafeyev oʻz lavozimini tark etganidan soʻng, u Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan.

2014-yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasidagi vazifasini tark etib, „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. U bu lavozimda vaqtinchalik boshqaruvchi Aleksandr Volkovni oʻrniga kelgan. 2015-yil 20-sentabr kuni boʻlib oʻtgan „Neftchi Fargʻona“  va „Bunyodkor“ uchrashuvidan soʻng isteʼfoga chiqgan va 2015-yil 23-sentyabrda oʻz lavozimini tark etgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Bunyodkor

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz