Sergey Kuznetsov
Sergey Borisovich Kuznetsov (1964-yil 6-yanvar, Mednogorsk, Orenburg , SSSR - 2022-yil 7-noyabr, Orenburg) - sovet va rus qoʻshiq yozuvchisi, musiqachi, bastakor va shoir,bir nechta guruh asoschisi, birinchisi "Laskoviy may" (1986), shuningdek, bir qator boshqa guruhlar: "Mama" (1989) ("Mama" guruhining qoʻshiqlari "laskoviy may" ijrosi tufayli keng tanildi), "Maugli" " (1990), "Chernila dlya pyatova klassa (1992).
Biografiyasi
1964-yil 6-yanvarda Orenburg viloyati, Mednogorsk shahrida tugʻilgan. U otasiz oʻsgan, onasi esa Valentina Alekseevna Kuznetsova (1931-yilda tugʻilgan) Mednogorskdagi Orenburg dam olish uyining direktori boʻlgan, ular dam olish uyi hududidagi yotoqxonada yashashgan.
12 yoshida Space va Modern Talking guruhlariga qiziqib qoladi.
13 yoshida u dam olish paytida kinomexanik boʻlib ishlagan. Aynan kino zalida pianino bor edi va u sevimli guruhining qoʻshiqlarini chalishni oʻrgandi u shu ondan boshlab musiqani jiddiy oʻrganishni boshlaydi, soʻng oʻz kuylarini bastalay boshladi.
Armiya
Saratov viloyatida kimyoviy mudofaa qoʻshinlarida xizmat qilgan, "Kontakt 730" armiya guruhini aʼzoi bo'lgan va kuylagan, "Maskarad", "Sovuq qish oqshomi", "Uchrashuvlar", "Koʻhna oʻrmon" qoʻshiqlarini ijro etilgan. Ammo qoʻshiqlarning yozuvlari saqlanmagan..
2000-yillar
1999-yilda u Steklovata guruhini yaratdi, uning solistlari Denis Belikin va Artur Yeremeev, guruh Internetda "Yangi yil" qoʻshigʻi uchun video bilan mashhur boʻldi[14].
2000-yil - Chernilnoye nebo guruhini yaratdi, uning solistlari Aleksandr Gulyaev va Sergey Dyadyun edi.
Laskoviy may filmi
2009-yilda guruhning shakllanishi haqida hikoya qiluvchi "Laskoviy May" filmi suratga olindi. Filmda Andrey Razinning guruh haqidagi kitoblarida aytilgan voqealar versiyasi koʻrsatilgani, Sergey Kuznetsovning "Sen bor edi" hujjatli filmidagi voqealar versiyasi hisobga olinmagani sababli film guruhning koʻplab sobiq a'zolariga, shu jumladan Sergey Kuznetsovga yoqmagan.
Sergey Kuznetsov rolini (Kinomexanik sifatida qabul qilingan) aktyor Maksim Litovchenko ijro etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org