Sergey Krot




Sergey Konstantinovich Krot (1980-yil 27-iyun, Osipovichi, Mogilev viloyati) — belaruslik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan, hozirda murabbiy. Belarus Respublikasining futbol boʻyicha sport ustasi.

Biografiyasi



Osipovichi yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar futbolida u 1998-yilda Svisloch-Krovlya (Osipovichi) klubida oʻynay boshlagan. 1998-yilda oʻz klubi bilan Belarus birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1999-yilda bir mavsumni oliy ligada oʻtkazishgan. Umuman olganda, u Osipovichi klubida uch yarim mavsum davomida oʻynagan.

2001-yilning yozida u BATEga oʻtgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan. U BATE tarkibida Belarus kubogida bor yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan — 2001-yil 26-avgustda Minsk SCAFga qarshi bahsda maydonga tushgan. Keyin u ikki yarim mavsumni Darida jamosida oʻynagan, 2002-yilda u birinchi liga gʻolibiga aylangan.

Krot 2005-yilgi mavsumni „Shaxtyor“da (Salihorsk) boshlagan, mavsum oxirida Belarus chempioniga aylangan, ammo yozgi tanaffusda u Minskning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. „Lokomotiv“ bilan 2006-yili oliy ligadan tushib ketgan. 2007-yilgi mavsumda u „Shaxtyor“ jamoasiga qaytgan va oʻsha yili chempionatning bronza medali sohibiga aylangan. 2009-yil boshida Sergey Smorgon jamoasiga oʻtgan. Lekin mavsum oxirida uning jamoasi oliy ligadan tushib ketgan.

2009-yilning yozida u "Nasaf" jamosiga oʻtgan va u bilan Oʻzbekiston chempionatining ikki karra bronza medali sohibiga aylangan (2009, 2010) va OFK kubogi oʻyinlarida qatnashgan. 2010—2011-yilgi mavsumda „Al-Ahed“ klubi bilan Livan chempioni boʻlgan va Osiyo kuboklarida ham ishtirok etgan.

Vataniga qaytgach, u faqat birinchi va ikkinchi liga klublari — SKVICH, Slutsk, Smorgon, Gorodeya, Baranovichi, Molodechnolarda oʻynagan. 2013-yilda u 16 ta gol bilan birinchi liga toʻpurari boʻlgan. U 2016-yilgi mavsumning bir qismini Latviya oliy ligasi autsayderi „Daugavpils“ tarkibida oʻtkazgan.

2020-yilda u ikkinchi liganing Ostrovets jamoasiga qoʻshilgan hamda mavsum davomida jamoaga bosh murabbiy boʻlgan.

Hammasi boʻlib Belarus oliy ligasida u 122 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan, birinchi 200 ta oʻyinda maydonga tushib, 70 ta gol urgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz