Sergey Krivsov
Serhiy Andriyovych Kryvtsov (talaffuzi: Sergey Krivsov; 1991-yil 15 martda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Ukraina Premyer-ligasi vakili Donetskning „Shakhtar“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Metalurh Zaporizhzhia
Ukrainaning Zaporijjya shahrida tugʻilgan Kryvtsov Metalurh Zaporijjia yoshlar maktabida Viktor Tryhubov qoʻl ostida taʼlim olgan. Klubdagi debyutini 17 yoshida 2008-yilning 3-mayida Odessaning „Chornomorets“ klubiga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. Klubdagi birinchi goli 2010-yil 27-fevralda Illichivets Mariupolga qarshi o‘yinda (2:0) kiritilgan. 2012-yilning may oyida klubni tark etib Donetskning „Shakhtar“ klubiga o‘tdi.
Shakhtar Donetsk
2010-yil 11-mayda Kryvtsov Taras Stepanenko bilan birgalikda Shakhtar bilan besh yillik shartnoma imzolashdi. Klub safidagi ilk uchrashuvi 2010-yilning 10-noyabrida Ukraina kubogi doirasida o‘zining sobiq klubi „Metalurh Zaporizhzhia“ga qarshi boʻldi, jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Debyut mavsumida umumiy 3 ta oʻyin oʻtkazdi. „Shakhtar“ Premyer-liga, Kubok va Superkubokda muvaffaqiyat bilan treblni qoʻlga kiritdi
Keyingi mavsumda klubda oltita oʻyinda maydonga tushdi, shundan beshtasi ligada. Shakhtar Premyer-liga chempionligi va Ukraina kubogini qoʻlga kiritdi.
2012—2013-yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvini 26-avgust kuni Donbass Arenada Karpaty Lviv klubiga qarshi oʻyinda (3:0, gʻalaba) oʻtkazdi. Toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, 85-daqiqada sariq kartochka oldi. Shuningdek, Kievning „Dinamo“siga qarshi uchrashuvning 70-daqiqasida oʻyinda ikkita gol urib jarohatlangan Oleksandr Kucherning o‘rniga maydonga tushdi, jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Xalqaro faoliyati
Kryvtsov Ukraina U21 va Ukraina U19 yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan. 2009-yilda Ukrainaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yil 6-sentyabrda Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (4:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
3-oktyabr, 2021-yil holatiga koʻra
Xalqaro
6-sentyabr, 2020-yil holatiga koʻra[6]
Yutuqlari
Shakhtar Donetsk Ukraina Manbalar
uz.wikipedia.org