Sergey Kot
Sergey Vladimirovich Kot ( 1960-yil 7-yanvar) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, yadro uloqtirish va disk uloqtirish bo‘yicha ixtisoslashgan. XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Osiyo chempionati sovrindori, Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi.
Sport faoliyati
1979-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Sergey disk uloqtirish bo‘yicha 55,44 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ladi. 1985-yilda Bokudagi (Ozarbayjon SSR) Butunittifoq musobaqalarida yadro uloqtirish bo‘yicha birinchi o‘ringa munosib ko‘riladi. 1986-yilda Kiyevda (Ukraina SSR) o‘tkazilgan tanlovda g‘alabaga erishadi va Bokuda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 1987-yilda Sergky Kot Novosibirskda (RSFSR) bo‘lib o‘tgan musobaqada yutib chiqadi va kelasi yil Olmaotada (Qozog‘iston SSR) birinchi o‘rinni, ammo u Odessada bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinni tutadi.
Sergey 1993-yilda Maniladagi (Filippin) yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish bahslarida 17,85 metr natija qayd etib bronza, disk uloqtirishda 54,90 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi. Biroq Shtutgartda (Germaniya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida u muvaffaqiyatsiz ishtirok etadi va saralash bosqichida 18,22 metr natija bilan bor-yo‘g‘i 11-o‘rinni egallaydi .
1994-yilda Xirosimadagi (Yaponiya) Yozgi Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha musobaqasida to‘rtinchi o‘ringa chiqadi . 1995-yilda Toshkentda ikkinchi o‘rin, Gyoteburgda (Shvesiya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yana unga omad kulib boqmaydi. 1996-yilda Atlanta (AQSH) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida u saralash bosqichida 16,51 metr masofaga yo‘naltiradi, ammo bu musobaqaning finalga chiqish uchun yetarli emas edi .
1998-yilda Bangkokdagi (Tailand) yozgi Osiyo o‘yinlarida u 17,91 metr natija bilan atigi beshinchi o‘rinni tutadi. 2003-yilda Dushanbadagi (Tojikiston) Markaziy Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni olishga muvaffaq bo‘ladi .
2007-yilda Sergey Kot oilasi bilan Truymyasto (Polsha) ko‘chib o‘tadi. Uning qizi Oksana ham yengil atletika bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib keladi .
Manbalar
uz.wikipedia.org