Sergey Khizhnichenko
Sergey Aleksandrovich Xijnichenko (talaffuzi: Sergey Aleksandrovich Xijnichenko) (1991-yil 17-iyulda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aksu“ jamoasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Faoliyati
Klubdagi faoliyati
Khizhnichenko oʻz faoliyatini 2006-yilda „Vostok“ jamoasida boshlagan va 2008-yilning yanvarida Vostokning kattalar jamoasiga koʻtarilgan. 2010-yil noyabr va 2011-yil yanvar oylarida Sergey Gollandiyaning Feyenoord jamosi sinovidan oʻtgan. Lekin u golland klubi skautlarini oʻziga qarata olmagan.
2014-yil dekabr oyida Khizhnichenko Qozogʻiston Premyer Ligasining grand jamoalaridan biri „Aktobe“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Aktobedagi yorqin oʻyinlaridan soʻng, 2017-yilning 23-yanvarida Khizhnichenko Belarus Premyer-ligasining „Shakhtyor Soligorsk“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Belarus jamosi tarkibida bir mavsum oʻtkazgach Seregey Qozogʻistonning „Astana“ jamosi bilan shartnoma imzolab Qozogʻistonga qaytgan.
2020-yilning 6-yanvarida „Astana“ Khizhnichenko shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etganini tasdiqlagan.
Xalqaro faoliyati
Khizhnichenko milliy terma jamoadagi ilk gollarini 2009-yil 9-sentabrda Andorra terma jamoasigaa qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan. Oʻyinda Khizhnichenko dubl qayd etgan.
Oradan atigi bir oy oʻtgach, saralash bahsida ham u Xorvatiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda jamoasining hisobni tenglashtirgan goliga mualliflik qilgan. Lekin uning jamoasi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan.
Mavsum oldi oʻrtoqlik oʻyinida Gruziyaga qarshi oʻyinda u jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan va buu gol Qozogʻiston terma jamoasiga gʻalaba keltirgan.
JCh-2018 saralashida Khizhnichenko Polsha darvozasiga ikkita gol urib, jamoasini 2:0 hisobidagi magʻlubiyatdan qutqargan va oʻyindagi hisobni 2:2 koʻrinishiga olib kelgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Xalqaro maydondagi gollari
Manbalar
uz.wikipedia.org