Sergey Kazakov




 

Sergey Kazakov (1959-yil 23-noyabrda tugʻilgan) — sovet va turkman futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati



Futbolchilik faoliyati Turkmenabat shahrining „Karakum“ jamoasida boshlagan. Jamoasi bilan asosan Turkmaniston SSR chempionatida ishtirok etgan. Professional darajadagi klublardagi faoliyatini Ribinskning Saturn klubida 1981-yilda boshlagan. Sergey Ribinsk jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligasi musoboqasida 9 ta uchrashuvda maydngga tushgan. 1984-yilda u Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining „Avtomobilist“ (Namangan) jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir necha mavsum muvaffaqiyatli toʻp surdi. 1989-yilgi mavsumni Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubi tarkibida boshladi. Kosonsoyliklar tarkibida musoboqaning birinchi davrasida 17 oʻyinda 3 ta gol urdi. Ikki davra avvalida Turkmanistonning Ahal jamoasi safiga oʻtdi. 1989—1992-yillarda „Ahal-SOP/Ahal“ klubi uchun SSSR Ikkinchi ligasi va Turkmaniston chempionatlarida toʻp surdi.

1992-yilda u Turkmaniston Yokari ligasida oʻynadi va Ahal jamoasi bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Turkmanistonning boshqa bir jamoasi „Byuzmeyin“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini yakunladi.

Sergey faoliyati davomida asosan orqa chiziqda, yarim himoya va himoya pozitsiyalarida toʻp surganiga qaramay, aniq va kuchli zarbasi, jarima va burchak toʻplarini mohirona ijro etishi natijasida barcha jamoalarida 100 ga yaqin gol muallifiga aylangan.

Milliy terma jamoa



1992—1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Yutuqlar




Statistika




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz