Sergey Gritsayev




 

Sergey Sergeevich Gritsaev (1961-yil 10-may, Tselinograd, Qozoq SSR, SSSR — 1996-yil 18-may, Kokshetau, Qozogʻiston) — sovet va qozoq futbolchisi. Selinogradning „Selinnik“ jamoasi qoshidagi oʻquv maktabida futbolga oid bilimlarni olgan.

Futbolchilik faoliyati



Sportdagi faoliyatini 1977-yilda Ostonaning „Selinnik“ jamoasida boshlagan. 1980-yilda SSSR harbiy xizmatiga chaqirildi va armiyada xizmat qildi. 1982-yil harbiy xizmat yakunlaganidan soʻng yana Selinnik jamoasi tarkibiga qaytdi. 1983-yilda Sergey sport rejimini buzgani uchun shartnomasi tugatilgan.

1985-yilda u Qozogʻistonning bosh jamoasi „Ekibastuzets“ klubi tarkibiga oʻtdi. Ekibastuzets klubi uchun 1984-yildagi mavsumda 18 ta gol urdi, bu oʻsha davrda jamoaning bir mavsumdagi rekordi edi.

1986-yil oʻzini sermahsul oʻyinlari natijasida oʻsha davrning Qozogʻistonning kuchli jamoalari „Traktor“ va „Shaxtyor“ (Qaragʻandi) jamoalari tarkibida toʻp surdi. 1991-yilgi mavsumda bir mavsum davomida Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi tarkibida toʻp surdi.

1990-yilda u Ostonaning Selinnikga qaytib keldi. 1992-yilda Qozogʻiston chempionatida tarixda „Selinnik“ jamoasining birinchi golini urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shu yilning oʻzida Qozogʻiston chempionatida birinchi boʻlib bitta oʻyinda 5 ta gol (penta trik) muallifiga aylandi.

1994-yilda u Rossiya birinchi ligasining „Zvezda Perm“ jamoasida oʻynagan. 1995-yilda „Amkar“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlabki rasmiy oʻyinidayoq gol muallifiga aylandi.

1996-yilda Qozogʻiston chempionatiga qaytib keldi va Koʻkshetauning „Kokshe“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Koʻkshetau jamoasi tarkibidagi 3-oʻyinida Gritsayevning uning yuragi toʻxtab qoldi va vafot etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz