Sergey Georgiyev




 

Sergey Georgiyev (rumincha: Serghei Gheorghiev; 1991-yil 20-dekabr, Gagauziya Moldova) — moldaviyalik futbolchi, yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.

Klub faoliyati



Sergey futbolchlik faoliyatini 2008-yilda u „Sherif“ klubida tarkibida boshlgan. 2008-yilda yoshlar jamoasidan u asosiy tarkibga koʻtarildi. 2008/2009-yilgi mavsumda ilk bor Moldova birinchi ligasida debyut qildi. 2008/2009, 2009/2010, 2011/2012 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda u Sherif jamaosi bilan birgalikda uchta Moldova chempionligini qoʻlga kiritdi. Sherif bilan birgalikda 2008/2009 va 2009/2010-yilgi mavsumlarda ham ikki marta Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. 2013-yil iyun oyida Moldavaning boshqa bir jamoasi „Tiraspol“ klubiga oʻtdi. Keyinchalik Tiraspol jamoasidan „Dinamo-Avto“ jamoasiga ijaraga berildi. 2014-yil iyun oyida u Sherif klubiga qaytdi. 2015-yilning mart oyida u Oʻzbekiston oliy ligasining „Navbahor“ klubiga yil oxirigacha ijaraga berilgandi. 11-tur uchrashuvida „Qoʻqon 1912“ga qarshi oʻyinda jamoasiga gʻalaba keltirdi. 2015-yilning iyul oyida Oliy liganing boshqa bir jamoasi „Buxoro“ klubi safida oʻtdi. Buxoro jamoasida 6 uchrashuvda 2 ta gol urib jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi. 2016-yilgi mavsum oldidan vataniga, sobiq jamoasi „Sherof“ klubi tarkibiga qaytdi. 2022-yil Gagauziya Oguzsport jamoasi bilan shartnma imzolagan.

Terma jamoada



U 2008—2010-yillarda Moldova yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan, yoshlar terma jamoasi tarkibida 5 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan. 2011-yil 9-fevralda u Moldova milliy terma jamoasi safida Andorra terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz