Sergey Burunov
Sergey Burunov Aleksandrovich (1977-yil 6-martda Moskva shahrida tugʻilgan) — Rus teatri, kino, ovozli va dublyaj aktyori, parodist, teleboshlovchi yoʻnalishlarida ijod qilgan. Sergey Burunov Rossiyaning " Katta farq " telekoʻrsatuvidagi ishtiroki bilan tanilgan. Dastur doirasida Sergey Burunov eng koʻp parodiya yoʻnalishida ijod qildi va tomoshabinlarning reytingi va qiziqishiga ega (uning profiliga ovoz bergan va koʻrgan odamlar soni) boʻldi. Bundan tashqari, u filmlar va reklama roliklarida rol oʻynaydi, xorijiy badiiy filmlarning dublyajida ishtirok etgan va oʻtgan davrdeagi teleseriallar va kompyuter oʻyinlari uchun ovoz bergan.
Biografiya
Sergey Burunov 1977-yil 6-martda Moskvada tugʻilgan. Otasi Aleksandr Anatolevich Burunov – elektrotexnika muhandisi boʻlgan. Onasi – Tatyana Burunova (2010-yilda vafot etgan) – hamshira boʻlgan. Katta akasi – Oleg Aleksandrovich Burunov – tarjimon boʻgan.
Burunovlar oilasi Vidnoye shahridagi Domodedovo aeroporti yaqinidagi hudda yashagan. Ota tez-tez oʻgʻillarini Tushinskiy aerodromiga va Kubinkadagi aviabazaga uchuvchilarning koʻrgazmali chiqishlari uchun olib borgan, shuning uchun Sergey bolaligidanoq osmon va samolyotlarga qiziqishi yuqori boʻgan. Sergey Burunov
: „-Maktabda men toʻrt yil jang sanʼatini oʻrgandim, bu keyinchalik harbiy maktabga kirganimda juda foydali boʻldi“ deb aytgan. Oʻrta maktabda u Viktor Talalixin nomidagi 2-Moskva aeroklubida havaskor uchuvchi sifatida tahsil olgan, u erda 1993-yilda oʻn olti yoshida „ Yak-52 oʻquv samolyotining parvozini boshqarish“ kursini tamomlagan.
Sergey Burunov 1994-1996-yillarda A. nomidagi Kachin oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida tahsil olgan. Sergey Burunov F. Myasnikova uchuvchi-muhandis darajasiga ega. Sergey Aleksandrovich Burunov oʻqishning ikkinchi kursining oxirida oʻqishining qoniqarsizligi tufayli oʻqishdan haydaladi.
1997-yildan 1998-yilgacha – M. N. Rumyantsev nomidagi Davlat estrada va sirk maktabining estrada boʻlimi talabasi boʻladi. 2002-yilda esa B. nomidagi Oliy teatr maktabining aktyorlik fakultetini tamomlagan..Kursning badiiy rahbari – Marina Panteleeva boʻlgan.
2002-yildan 2006-yilgacha – Moskva akademik satira teatrida aktyor. Keyin esa Teatr.doc bilan bir muddat hamkorlik qiladi.
2003-yildan beri Sergey Burunov xorijiy filmlarni dublyaj qilishda ishtirok etadi, uning birinchi dublyaj ishi Aleksandr Mayorov boshchiligidagi „ Yigitni 10 kun ichida qanday yoʻqotish kerak“ filmidagi taniqli aktyor Metyu Makkonahi rolini dublyaj qilish edi.
2007-yilda u "Mir" MTRKning „ovoz“, shuningdek, " Rossiya radiosi " uchun anonslarning diktori boʻladi.
2021-yil Sergey Burunov STS da " Fort Boyard " teleoʻyinining 8-mavsumining boshlovchisi boʻladi. Sergey Burunov ushbu loyihani „Serge Burunov“ taxallusi ostida boshqargan.
2023-yildan buyon Sergey Burunov Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻida „Oknutye People“ shousini olib keladi.
U TsSKA futbol klubining muxlisi boʻlgan.
Turmush qurmagan va shu sabli Sergey Burunovning farzandi yoʻq.
Musiqa videolar Hujjatli Filmlar Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org