Sergey Arutyunov




 

Sergey Artyomovich Arutyunov (1922-yil 15-mart, Toshkent; 2015-yil 5-aprel, Toshkent) — sovet va oʻzbek futbol murabbiyi.

Faoliyati



15 yoshida Toshkent Pionerlar saroyining bolalar jamoasida oʻynagan. 1940-yildan Toshkentning „Dinamo“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynadi, u Oʻzbekiston SSR chempioni va kubogi sohibiga aylandi. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, oʻshanda Toshkentning „Spartak“ jamoasida oʻynagan, Toshkent toʻqimachilik kombinati jamoasi sardori, „Qizil bayroq“ jamoasiga murabbiylik qilgan. Respublika toifali sudya.

1953-yilda Murabbiylar oliy maktabiga oʻqishga kirdi. „Paxtakor“ futbol maktabi (1956—1970) va G.Titov nomidagi RUOR (1971—1999)da katta murabbiy boʻlib ishlagan.

U 50 dan ortiq mashhur futbolchilarni tarbiyalagan, jumladan: Bektashev, Vyacheslav Mixaylovich, Dotsenko, Sergey Aleksandrovich,

Toʻlagan Isoqov, Gennadiy Krasnitskiy, Pshenichnikov, Aleksandr Aleksandrovich, Soloxo, Vyachesev.

Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Prezidiumi aʼzosi. 10 yil davomida „Charm toʻp“ klubi raisi. Chigʻatoyda joylashgan Oʻzbekiston futbol tarixi muzeyi yaratuvchisi.

U 2015-yilning aprel oyida 93 yoshida olamdan oʻtdi.

Yutuqlar




Unvonlar va mukofotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz