Sergey Arslanov (murabbiy, 1986)




Sergey Sergeyeyevich Arslanov (ruscha: Арсланов, Сергей Сергеевич; 6-noyabr, 1986-yil, Boxtar) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi.

Faoliyati



Futbolchilik faoliyati



Sergey futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mashʼal“ klubida boshlagan. Shuningdek, „Shoʻrtan“, „Buxoro“, „Andijon“ jamoalarida ham faoliyat olib borgan. Sergey futbolchilik faoliyati juda erta 2010-yilgi mavsumda yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati



Sergey murabbiylik faoliyatini juda erta 2011-yilda boshlagan. Dastlab OʻFA qoshidagi bolalar murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston U-16 terma jamoasida katta murabbiy va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida texnik direktor sifatida faoliyat olib borgan. 2022-yil may oyida Qirgʻizistonning yetakchi jamoasi „FC Dordoy Bishkek“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va Bishkek jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2023-yilda ilk Oʻzbekiston Superligasi jamoasidan bosh murabbiylik taklifini oldi. 2023-yil 4-mart Termizning „Surxon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Yutuqlar




Shaxsiy hayot



Sergey Sergeyeyevich Arslanov sobiq futbolchi va murabbiy, Navbahor va Qizilqum jamoasidagi oʻyinlari bilan nom qozongan Sergey Arslanovning oʻgʻlidir.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz