Sergey Antipov




Sergey Anatolyevich Antipov (1974-yil 15-mayda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — qozoq hokkeychisi, Qozogʻiston terma jamoa hujumchisi .

Karyera



Ust-Kamenogorsk hokkey klubi tarbiyalanuvchisi. „Torpedo“ klubi tarkibida SSSR chempionatida 2 ta oʻyin va Rossiya oliy divizionida 127 ta oʻyin oʻtkazgan. 34 ta gol muallifi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan hujumchi.

1996-yilda u Oliy divizionda oʻynaydigan "Sibir" klubiga oʻtadi. 2-mavsumda u 32 ta oʻyin oʻtkazib, 6+8 ochko jamgʻaradi. Birinchi liga vakili boʻlgan „ Sibir-2“ klubida u 22 ta oʻyin oʻtkazib, 12+4 ochko jamgʻargan.

Keyingi ikki mavsumda Sergey Polsha chempionatida oʻynaydi. Sergey Sanok, Podhale Novi Targ va Uniya hokkey klublarida oʻtkazgan ikki mavsumi davomida 40 ta gol urib va 30 ta golli uzatmani amalga oshiradi. U Polsha chempionatining „bronza“ va „oltin“ medallarini qoʻlga kiritadi.

Qozogʻistonga qaytib, uch mavsumni Rossiya chempionatining oliy ligasida oʻynagan „Kazzink-Torpedo“ da oʻtkazdi. 2003/04- yilgi mavsumni esa Qozogʻiston chempionatida Olmaotaning „Enbek“ klubi tarkibida oʻtkazdi.

Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida 5 ta jahon chempionatida ishtirok etgan.

Yutuqlari




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz