Sergey Alibekov
Sergey Orifovich Alibekov (1956-yil 16-mayda tugʻilgan, Fargʻona, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek multiplikatorchi: rejissor, ssenariychi va sahnalashtiruvchi-rassom.
Tarjimai hol
Alibekov Sergey 1956-yil 16-mayda Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni bitirgach, Qirgʻiziston davlat rassomchilik bilim yurtini haykaltaroshlik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
U 1977-1979-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan.
Sergey 1983-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi, 1989-yildan SSSR Kinematograflar uyushmasi a’zosi boʻlgan.
Animator dastgohli rangtasvir va grafika, haykaltaroshlik, kulolchilik sohalarida dekorativ san’at yoʻnalishlari boʻyicha ishlaydi.
U 1984-yildan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlik qilib, multipikasion va badiiy filmlar yaratishda ishtirok etib, rejissor, postakovkachi-rassom va ssenariy muallifi sifatida faoliyat olib boradi.
Sergey Alibekov bir necha bor animasion kino va biyenale rassomchilik boʻyicha xalqaro festivallar sovrindori boʻlgan.
Animatorlik ishi boʻyicha postanovkachi-rassom 2003-yildan buyon doimiy ravishda Rossiyada istiqomat qiladi.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org