Sergey Aleksandrovich Zavalnyuk




Sergey Aleksandrovich Zavalnyuk (1962-yil 28-iyul, Lvov, Lvov viloyati, Ukraina) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy.

Hayoti



Sergey Zavalnyuk futboldagi faoliyatini Ukraina jismoniy tarbiya jamoalari va Chernigoriyaning „Desna“ ustalar jamoasida boshlagan. 1987—1996-yillarda Zavalnyuk Fargʻonaning „Neftchi“ klubida toʻp surgan. Bu vaqt davomida u jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan. Zavalnyuk jamoa bilan birgalikda bir necha bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan.
Zavalnyuk Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan. Bu uchrashuv 1992-yil 17-iyunda Tojikistonga qarshi boʻlgan.
1993-yilda Malayziyaning „Perak“ klubi safida oʻynagan.
Futboldagi faoliyati yakunlangach, Sergey Zavalnyuk murabbiylik faoliyatini boshladi. Zavalnyuk Toshkentdagi murabbiylik kurslarini tamomlagach „Neftchi“ murabbiylar shtabiga a’zo boʻlgan. 2002-yilda mutaxassis Rossiyaga koʻchib ketgan. U yerda Zavalnyuk „Ratmir“da murabbiy boʻlib ishladi. Keyin esa “Volochanin-Ratmir” jamoasida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 2006-yilda „Volga Tver“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Keyinchalik Zavalnyuk jamoa murabbiylar shtabi a’zoligiga qabul qilindi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz