Sergeevka
Sergeev, Ayutas — Qozogʻistondagi shahar (1969-yildan buyon), Shimoliy Qozogʻiston viloyatining Shal aqin tumanining markazi. Yesil daryosining oʻng qirgʻogʻida, viloyat markazi — Petropavlovsk shahridan 170 km masofada joylashgan. Aholisi 7,426 kishi (2012).
Tarixi
Sergeevka hududi 18 asrda Abilay xonga yaqin Kuleke botirning urugʻiga tegishli joy boʻlgan. 19 asrda Vali xonning yesiri Aygʻanimga tegishli yer boʻldi. 20 asrning boshigacha Ayutas deb nomlandi. 1896-yili Ukrainadan va Rossiyadan koʻchib keluvchilar koʻpayib, Sergeevka shahrining poydevori qurildi.
Sanoati
Shaharda temirbeton, azotli-kislarodli, qurgʻoq sut, non mahsulotlari zavodlari, turli korxonalar, v.h. faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha
Shaharda 3 ta oʻrta maktab, kasibiy-texnik maktab, tarixiy-davlat muzeyi, 2 kutubxona, kinoteatr, madaniyat uyi, sport kompleksi va stadion, markaziy tuman va tuberkulez kasalxonalari faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org