Serenay Sarıkaya




Serenay Sarıkaya 1992-yil 1-iyulda tug'ilgan. Turk aktrisasi va modeli. "Lale Devri", "Medcezir" ( The O.C filmining turkcha remeyki), Fi va " Shahmaran" fantastik seriallaridagi rollari orqali xalqaro e'tiborga tushgan.

Istanbuldagi tasviriy san’at litseyining teatr bo‘limini tamomlagan. O'n to'rt yoshida u "Şaşkın " (2006) filmidagi kichik roli bilan aktyorlik debyutini qiladi. So'ngra" Plajda " (2008) filmida rol o'ynaydi. Uning birinchi bosh roli "Peri Masalı" (2008) fantastik bolalar seriali. Sovrin olgan roli Adanalı (2008-10) jinoyat komediya serialidagi Sofiya roli bo'lgan.

Nejat İşler bilan Behzat Ç filmlarida suratga tushgan. 2019-yilda Sarıkaya “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmiga asoslangan musiqiy moslashuv “Alis Müzikali” da ijro etadi. Turli e'tirozlarga sabab bo'ladi. Shunga qaramay ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ladi, jumladan ikkita "Oltin kapalak" mukofotlari sohibasiga aylanadi.

O'n besh yoshida u go'zallik tanlovida qatnashadi va Yevropa yoshlar go'zalligi tanlovida hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga sazovor bo'ladi. Keyinchalik Sarıkaya Miss Turkey 2010 da ikkinchi o'rinni egallaydi. Aktyorlik karerasiga qo'shimcha ravishda u turli reklama filmlarida suratga tushadi. Shuningdek ko'plab brendlarning yuzi hisoblanadi. 2014-yilda u GQ Turkey tomonidan yilning eng yaxshi ayoli sifatida tanlanadi.

Hayoti



Serenay Sarıkaya 1992-yil 1-iyulda AnqaradaSeyhan Umran va Mustafo Sarikaya oilasida tugʻilgan. Ota-onasi ajrashgach, yetti yoshigacha oilasi bilan Antaliyada yashagan. Otasi qayta turmush qurgach, onasi bilan Istanbulga ko‘chib o‘tadi. Keyinroq u intervyusida otasiz o‘sgan tajribasini shunday ifodalaydi: “Kichkina qiz uchun ota uning hayotida muhim hisoblanadi. Otasiz o'sish - katta tajriba". O'sha paytda onasi bilan boshqa shaharga kochishni rejalashtirayotgandi. Onasi Sarikayani aktrisa va model bo'lishni xohlayotganini bilar edi va ular Istanbulga ko'chishga qaror qilishadi. Sarıkaya Tasviriy san'at litseyining teatr bo'limi bitiruvchisi.Sarıkaya universitetda o'qimadi.

Sarıkaya voleybol bilan shug'ullanadi, basketbol o'ynaydi, shuningdek, tennis va lotin raqslariga qiziqadi.

O'n besh yoshida u Chexiyada bo'lib o'tgan Yevropa o'smirlar go'zalligi tanlovida ishtirok etadb, hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga sazovor bo'ldi.

Ish hayoti



2006–12: Kino va televideniye



2006-yilda Sarıkaya o'zining birinchi rolini Shahin Alpaslan tomonidan suratga olingan "Şaşkın" filmi edi. 2008-yilda Turkcell reklama roligida suratga tushadi. Sinan Chetin prodyuserlik qilgan va Murat Sheker rejissyorligidagi ikkinchi filmi "Plajda" edi.

O'sha yili Sarikaya rejissyor Jalol Chimen tomonidan suratga olingan "Peri Masalı" serialida o'zining birinchi bosh teleko'rsatuv rolini o'ynaydi. Chetin tomonidan ishlab chiqarilgan va Deniz Ergun rejissyorligidagi "Limon Ağacı" serialida ham ishtirok etgan. O'ninchi bo'limdan so'ng, Sarikaya filmdan chiqadi.

2008-yilda Sarikaya Tayfun Güneyer tomonidan yaratilgan va Adnan Guler rejissyorligida suratga olingan Adanali teleserialida suratga tusha boshlaydi. Filmda yunon-turk qizi rolini o'ynadi va yunoncha- adanacha aralash tallafuzi uchun muxlislar olqishiga sazovor bo'ladi.

Sarıkaya 2010-yilning 1-aprelida Turkiyaning go‘zallik tanlovida mamlakat poytaxti Anqarani vakili sifatida ishtirok etadi. Gaziantep shahri vakili bo'lgan raqibi Gizem Memichni yakuniy bosqichda mag'lub etib birinchi o'rinni egallaydi. "Miss Universe" tanlovida Turkiya vakili sifatida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq, Sarıkaya bu imkoniyatdan voz kechadi. Chunki aktyorlik faoliyatini davom ettirish niyatida edi va uning o'rniga Memiç qatnashadi.

Sarıkaya ikkinchi mavsumida Adanali filmi tarkibini tark etadi. Prodyuser Şükrü Avşar va Murat Düzgünog'lu rejissyorligidagi Lale Devrida rol o'ynaydi. Serialning bir epizodida u tomoshabinlar e'tiborini tortgan va albom yozish uchun taklif olgan qo'shiqni kuylaydi. Intervyuda u shunday dedi: "Takliflar to'g'ri. Narxlar yomon emas. Lekin men qo'shiq aytmoqchi emasman. Mening ishim aktyorlik".

2011-yilda Sarıkaya "Hoşçakal" qisqa metrajli filmida rol o'ynadi. 2012-yilda u uchinchi mavsum boshida Lale Devrini tark etadi.

2013 - yildan hozirgi kungacha: Behzat Ç. Ankara Yanıyor, Medcezir va boshqa loyihalar



2013-yilning may oyida Sarıkaya Behzat Ç filmini suratga olish boshlanadi. Anqara Yanıyor, Behzat Ç teleserialidan ishlangan film. Bir Ankara Polisiyesi . Xuddi shu yili u Amerikaning The OC shousi asosida yaratilgan Medcezir serialida Chag'atay Ulusoy bilan birga chiqadi. Ssenariy muallifi Ece Yörench, serial rejissyori Ali Bilgin. Sarıkayaning qahramoni Mira Beylice asl serial qahramonlaridan biri Marissa Kuperning rol olishi edi. 2014-yilda u Medcezir hamkasbi Hazar Erguchlu bilan birga Elidor reklama roligida suratga tushadi. Keyinchalik u ikki yillik shartnoma imzolagandan so'ng Mavi Jeansning yuziga aylanadi. Bahor-yoz kolleksiyasini reklama qilish uchun Sarıkaya braziliyalik model Fransisko Lachovski bilan birga reklama roligida suratga tushadi. Sarıkaya 2016-yilda Barbara Palvin bilan Mavi uchun yana bir reklama suratga olinadi. 2015-yil bahor-yoz kolleksiyasi uchun Sarikaya Kerem Bürsin bilan kamera qarshisiga chiqadi va ularning qo'shiqlarini tomoshabinlar ijobiy baholaydi.

2017–18-yillarda Sarikaya Azra Koenning bir qator romanlari asosida yaratilgan Fi shousida rol o‘ynaydi. Fi puhutv tomonidan onlayn translyatsiya qilingan birinchi yirik turk televideniya ko'rsatuvi edi.

2017-yildan 2018-yilgacha u Head & Shoulders brendining elchisi bo'lib, turli kampaniyalar va xabardorlik loyihalarini suratga oladi.

2019-yilda u Lyuis Kerrollning Alisning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari filmiga moslashtirilgan “Alis Müzikali” musiqiy filmida Alisa rolida debyut qiladi. Shou birinchi marta 2019-yil fevral oyida sahnalashtirilgan va 2019-yil sentabr oyida ikkinchi mavsum uchun qaytarilgan COVID-19 pandemiyasi tufayli tanaffusdan soʻng, Alis 2022-yil 7-fevralda yana sahnaga qaytadi.

Sarıkaya, qo'shiqchi Belgin Sarılmışerhayotini batafsil tasvirlaydigan " Bergen" biografik filmini suratga olish uchun tanlanadi. Ammo pandemiya va boshqa omillar, yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli u loyihani tark etadi. 2021-yilda u Bulgari uchun birinchi turk brendi elchisi bo'ldi.

Filmografiya




Teatr




Mukofotlari



 

Ma'lumotnomalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz