Serebrolizin preparati




[1] Serebrolizin preparati



Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi: preparatning 1ml suvli eritmasi quyidagilarni saqlaydi

Faol modda:215,2mg  serebrolizin konsentrati (cho’chqaning bosh miyasidan olingan peptidlar majmuasi).Serebrolizinning faol fraksiyasi peptidlardan iborat bo’lib ularning molecular vazni 10 000 daltondan oshmaydi.

Yordamchi moddalar:natriy gidroksidi va inyeksiya uchun suv

Ta’rifi: mexanik qo’shimchalardan xoli bo’lgan qahrabo rangli tiniq eritma

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita

Qo’llanilishi :altsgeymer kasalligi,turli genezli demensiya sindromi,surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik ishemik insult,bosh va orqa miyaning travmatik shikastlanishlari,bolalardagi aqliy rivojlanishning kechikishi ,bolalrdagi diqqatning kamayib ketishi bilan bog’liq bo’lgan parishonxotirlik,antidepressantlarga rezistent bo’lgan endogen depressiyani majmuaviy davolashda qo’llaniladi.

Qo’llash usuli va dozalari:

Parenteral qo’llanadi.Dozalari va davolash davomiyligi kasallikning og’irligi va xarakteri shuningdek bemorning yoshiga bog’liq.miqdori 50 mlga yetishi mumkin bo’lgan bir martalik dozalarni buyurish mumkin.biroq davolash kursini o’tkazish maqulroq.Tavsiya etilgan optimal davolash kursi 10-20 kun davomidagi kundalik inyeksiyalardan iborat.Davolash samaradorligini oshirish uchun davolash natijasida patientning  xolati yaxshilanishi kuzatilguncha takroriy kurslar o’tkazilishi mumkin,birinchi kurs o’tkazilgandan keyin dozalarni buyurish davriyligi haftasiga 2 yoki 3 martagacha kamaytirilishi mumkin.

Serebrolizin inyeksiyalar qilishda:mushak ichiga 5mlgacha va vena ichiga 20mlgacha qo’llanadi.10ml dan 50 mlgacha dozalarni infuziya uchun taklif qilingan standart eritmalar bilan suyultirgandan keyin,faqat asta sekin vena ichiga infuziyalar yordamida yuborish tavsiya etiladi.Infuziyaning davomiyligi 15 dan 60 minutgachani tashkil etadi.

Ehtiyotkorlik va tibbiy personal uchun ma’lumot: inyeksiya haddan tashqari tez bajarilganda qizish hissi terlash bosh aylanishi bo’lishi mumkin.Shuning uchun preparatni asta sekin yuborish kerak.

Preparatni natriy xloridning 0,9 %li eritmasi ,ringer eritmasi,5%li glukoza eritmasi bilan aralashrirish mumkin,vitaminlar bilan birga qo’llash mumkin,faqat aralashtirish mumkin emas.Faqat tiniq eritmalarni va faqat bir marta ishlatish kerak.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

-preparatni shaxsiy o’zlashtirmaslik,

-o’tkir buyrak yetishmovchiligi

-epileptik statusda qo’llash mumkin emas.

Dorixonalarda berish tartibi : Retsept bo’yicha

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz