Serder Serderov




Serder Mukailovich Serderov (1994-yil 10-martda tugʻilgan) rossiyalik futbolchi, ijara asosida „Aktobe“da qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



CSKA Moskva



Serderov avvaliga Maxachqal’aning „Anzhi“ yoshlar jamoasida oʻynagan, keyinchalik 14 yoshida Moskvaning CSKA klubiga oʻtgan edi. 2010-yilning yozida Italiya chempioni „Juventus“ 17 yoshli Serderovni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi edi, biroq CSKA taklifni rad etadi.

2011-yil 22-noyabrda u Chempionlar ligasi doirasida OSC Lillga qarshi 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi.

Anzhi



2012-yilning yozida u „Anzhi“ga koʻchib oʻtdi. U Rossiya Premer-ligasida 2012-yilning 18-noyabrida „Anzhi“ tarkibida „Rostov“ ga qarshi oʻyinda debyut qiladi.

Ural ijarasi
2013-yil iyun oyida Serderov Ural Sverdlovsk viloyatiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Ijara shartnomasi 2013-yil 16-avgustda tugatiladi.

Anzhiga qaytishi
U jamoa bilan atigi 4 ta oʻyindan soʻng „Anzhi“ga qaytdi. „Anzhi“ bu mavsumda jami 29 ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, 2013-14-yilgi mavsumda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. 2014-yilning 17-martida u „Anji“ safida ligadagi debyut golini Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.

"Krylia Sovetov" ijarasi
2015-yilning fevral oyida Serderov yana ijaraga beriladi. Bu safar mavsum oxirigacha „Krylia Sovetov Samara“ga oʻtadi. Bu jamoa safida bor yoʻgʻi 2ta oʻyinda maydonga tushadi

Uning „Anji“ bilan shartnomasi 2016-yilning 28-yanvarida oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilinadi.

Slavia Sofia



Serderov 2016-yilning 1-fevralida Bolgariyaning „Slavia Sofia“ klubiga kelib qoʻshildi va Slovakiya chempioni Trenchinga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida norasmiy debyut qildi. U Cherno More Varnaga qarshi birinchi A guruhi oʻyinida rasmiy debyut qiladi. Serderov ilk golini 2016-yilning 3-martida Plovdivning Botev klubiga qarshi oʻyinda (1:0) kiritadi. 2016-yil 24-aprelda u jarohat oldi va natijada mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yubordi.

2017-yilning iyun oyida Serderovning shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilinadi.

Yenisey Krasnoyarsk



2017-yilning 19-iyulida Serderov „Yenisey Krasnoyarsk“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Cracovia



2018-yil 16-avgust kuni Serderov Polshaning „Cracovia“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yil 2-yanvarda u Cracoviani oʻzaro kelishuvga koʻra tark etdi.

Inter Zaprešić



2019-yil 14-yanvarda u Xorvatiyaning „Inter Zaprešić“ klubiga oʻtadi.

Mezőkovesd



2020-yil 4-avgustda u Vengriyaning „Mezőkovesd“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Faoliyati statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz