Serdaraly Ataýew




Serdaraly Ataýew (oʻzbekcha: Sardorali Atayev, 1984-yil 14 dekabr,Turkmaniston SSR) – Nebitchi FT jamoasida oʻynagan professional turkman futbolchisi. Turkmaniston milliy terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati



Faoliyatini futzalda, „Hereket“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2010-yilda Turkmanistonnin eng yaxshi futzalchisi boʻldi. Professional futboldagi debyut faoliyatini 2010-yilgi mavsumda „Ahal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi

2013-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etgan.

Serdaraly 2013-yilda Turkmaniston kubogi finalida „Ahal“ jamoasi takibida gʻalaba toʻpini kiritgan. 2014-yilda Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Serdaraly 2018-yilgi mavsumni „Alga Bishkek“ jamoasi safida Qirgʻiziston chempionatida oʻtkazdi. Bishkek jamoasi tarkibida 12 ta gol urgan.

2019-yilda u Turkmanistonga qaytib, yana „Shagadam FK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Serdarali Atayev 2020-yilning yanvarida „Energetik“ jamoasi safiga oʻtgan. Energetik FK klubidagi muvaffaqiyatsiz oʻyinlaridan soʻng, 2020-yilning yozgi transfer oynasida Nebitchi FT bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati



Futzal boʻyicha Turkmaniston terma jamoasida 2010-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

Atayev Turkmaniston milliy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 11-iyunida Guamga qarshi oʻtkazgan.

Xalqaro gollar



Gollar va natijalar birinchi boʻlib Turkmanistonning gollar sonini sanab oʻtadi. [15]

Yutuqlar




Gʻolib: 2013

Gʻolib: 2014

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz