Serdar Dursun




Serdar Dursun (1991-yil 19-oktabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, „Fenerbaxche“ hujumchisi. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasida oʻynaydi.

Faoliyat



Dursun oʻzining katta faoliyatini 2010-yilda „Hannover 96“ zaxirasida boshlagan va keyin Turkiyaga „Eskishehirspor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. „Eskishehirspor“dan 2014-yilda „Karagumruk“ga oʻtgunga qadar „Shanliurfaspor“ va „Denizlispor“ klublarida qisqa muddatli ikki bora ijara muddatini oʻtagan. 2016-yilda u Greuther Fürth bilan Germaniyaga oʻtgan, keyin esa 2018-yilda Darmshtadt 98 bilan shartnoma imzolagan.

Dursun 2020-21-yilgi mavsumda 2-Bundesligada mavsumni yakunlagan. Bundesliga mavsumida 27 gol urib, mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Fenerbahche



2021-yil 15-iyun kuni Dursun Turkiyaning „Fenerbahche“ jamoasi bilan toʻrtinchi uch yillik shartnoma imzolagan. U 26-sentabr kuni „Hatayspor“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda debyut qilgan. U klubdagi ilk golini 24-oktyabr kuni „Alanyaspor“ ga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. 5-dekabr kuni u „Chaykur Rizespor“ga qarshi oʻyinda (4:0) xet-trik qayd etgan.

2022-yil 12-fevralda „Giresunspor“ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻyinning ikkinchi boʻlimida maydonga tushgan Dursun oʻyinning 51-daqiqasida boshidan jarohat olgan va atigi 7 daqiqa oʻynay olgan holos soʻngra 58-daqiqada Mërgim Berishagaalmashtirilgan. Oʻyindan soʻng olgan zarbadan uning bosh suyagida darz ketish aniqlangani aytilgan.

Xalqaro faoliyat



Germaniyada tugʻilgan Dursun asli turk millatiga mansub. U 2021-yil 11-oktabr kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Latviya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan va 75-daqiqada jamoasining birinchi golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Shaxsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz