Serbiya va Kosovo o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitim




Serbiya va Kosovo o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitim (inglizcha: Kosovo and Serbia economic normalization agreements) yoki Vashington kelishuvi (inglizcha: Washington Agreement) — Serbiya va Kosova o'rtasidagi savdo munosabatlarini yaxshilash borasidagi kelishuvdir. AQSHning vositachiligida imzolangan. Hujjat 2020-yil 4-sentabrda Oq uydagi AQSh prezidenti qarorgohida imzolangan.

Imzolash jarayoni



2019-yil 4-oktabrda AQShning prezidenti Tramp Richard Grenellni prezidentning Serbiya va Kosovo tinchlik muzokaralari boʻyicha maxsus vakili etib tayinladi. Bir necha oy davom etgan diplomatik muzokaralardan soʻng, 2020-yil 20-yanvar kuni Grenell Serbiya va Kosovo oʻrtasidagi birinchi marta oʻz poytaxtlarini bog'laydigan parvozlarni qayta tiklashga kelishib olganini e'lon qildi. 2020-yil 27-iyun kuni ikki tomon oʻrtasida tinchlik sammiti Vashingtonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Biroq Abdul Hotiga qarshi urush jinoyatlari bo'yicha ayblovlar e'lon qilinganligi sababli sammit bekor qilindi.

Oq uyda bo'lishi tashkillashtirilgan yangi sammitga Grenell mezbonlik qildi va 2020-yil 3- va 4-sentabr kunlariga rejalashtirilgan edi. Grenell Robert O'Brien bilan birgalikda muzokaralarni sammit doirasida olib bordi. 4-sentabr kuni kelishuvlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo bosh vaziri Avdulla Hoti imzoladi. Imzolash marosimi 2020-yil 4-sentabr kuni Oq uyning Oval kabinetida Prezident Tramp ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ularning orasidagi yagona farq Isroil bilan munosabatlarga oid yakuniy kelishuvlari bo'lgan ikkita hujjat imzolangan edi. Har ikki hujjat boshida Trampning tabriknomasi keltirilgan.

Qo'shma Shtatlar boshchiligidagi iqtisodiy muzokaralarni olib borayotgan Kosovo va Serbiya davlatlari bir vaqtning o'zida Yevropa Ittifoqi boshchiligida ikki tomon o'rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklarga qaratilgan muloqotni ham davom ettirdi.

Kelishuv



Imzolangan kelishuvlar shartlariga ko'ra, Serbiya boshqa davlatlarni Kosovoni tan olmaslikka yoki oldindan Kosova bilan o'rnatilgan munosabatlarni bekor qilishga undash uchun rasmiy va norasmiy sa'y-harakatlarini bir yilga amalga oshirmaslikka rozi bo'ldi. Kosova esa Xalqaro tashkilotga a'zo bo'lmaslik majburiyatini oldi. Shuningdek kelishuvda, 1998-1999-yillardagi Kosovo mojarosi paytida bedarak yoʻqolganlarni qidirish va aniqlash hamda, urush qochqinlarni reabilitatsiya qilish majburiyatlarini ham bor edi.

Kosovo va Serbiya Belgrad-Pristina temir yoʻl tarmogʻini Adriatika sohilidagi dengiz portiga ulashning turli variantlari boʻyicha qoʻshma texnik-iqtisodiy ishlarni kelishib oldi. Ikkala tomon ham AQSh bilan hamkorlikni kengaytirishni kelishib oldi. Ushbu kelishuv doirasida Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Eksport-import banki oʻrtasida “Tinchlik” magistrali, Prishtina-Merdare temir yoʻli, Nis-Pristina temir yoʻli, kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish va boshqa loyihalarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Serbiya va Kosova chegarasidagi Merdar maʼmuriy nazorat-oʻtkazish punkti ham foydalanishga topshirilishi kelishib olindi. Qo'shma Shtatlar har ikki tomonga strategik infratuzilmasini rivojlanishini moliyalashtirish uchun AQSh hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlar taqdim etildi. Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi Belgradda doimiy vakolatxonaga ega boʻlishi belgilandi.

Serbiya-Kosova ham havo yo'lovchilarini tekshirishni kuchaytirishi belgilandi. AQShning Bolqondagi hamkorligi doirasida o'zaro ma'lumot almashiniladi va noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish uchun yangi texnalogiyalarni o'rnatishga kelishib olinadi.

Shuningdek, ular AQSh Energetika vazirligi bilan birgalikda Gazivoda va Ujmani ko'lidan ishonchli suv va energiya manbai sifatida birgalikda foydalanish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu kelishuvlar doirasida Serbiya va Kosovo kichik-Shengen hududiga kirishga rozi bo'lishdi.

Har ikki tomon mamlakatlaridagi diplomlari va kasbiy sertifikatlarini tan oladigan bo'lishdi.

Serbiya davlati 2021-yil iyul oyida Isroil davlatidagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirib o'tishga, Isroil va Kosovo esa bir-birini tan olishga va diplomatik munosabatlar oʻrnatishga kelishib oldi. Kosovo ham Quddusda o'z elchixonasini ochishi kerak edi. Bu kelishuv Serbiyani Quddusda elchixonasi bo'lgan birinchi Yevropa davlati va Kosovoni Quddusda elchixonasini ochgan dastlabki musulmon davlatiga aylantirdi.

Serbiya va Kosova oʻz mobil tarmoqlaridan “ishonchsiz sotuvchilar” tomonidan taqdim etilgan 5G texnalogiyalarini olib tashlashi va kelgusida bunday sotuvchilarga savdo qilishni taqiqi qo'yiladi. Bu yerda gap Serbiya va Kosovoda faoliyat yuritayotgan "Huawei Technologies" singari Xitoy kompaniyalari haqida ketayapti.

Serbiya va Kosova ham diniy erkinlikni himoya qilish va joriy qilish, jumladan, konfessiyalararo aloqalarni tiklash, diniy obidalarni himoya qilish va yahudiylarning xolokost natijasida olib qo'yilgan mulkilarini qaytarib berish ishlarini davom ettirish majburiyatini oldi.

Shartnomalarda, shuningdek, Serbiya va Kosovo davlatlari Hizbullohni terrorchi tashkilot deb e'lon qilishi va butun dunyo bo'ylab gomoseksualizmni erkinlashtirishni qo'llab-quvvatlash qoidalari ham kelishuvga kiritilgan edi.

Kelishuvga bo'lgan xalqaro munosabat



Qabul qilganlar




Norozi davlatlar




Boshqacha munosabat




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz