Serbiya bayrogʻi




Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) — Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq tuzilishi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodan tashkil topgan boʻlib, gorizontal holatdagi bir xil oʻlchamdagi qizil, koʻk va oq kabi uch xil rangdan iborat. Ushbu bayroq 19-asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilinib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan.

Bayroq dizayni



Bayroqdagi toʻliq ranglar va belgilar Vizantiya bayrogʻidan olingan.

Bayroq 2:3 nisbatda boʻlib, 3 ta teng gorizontal qizil, koʻk va oq ranglarlardan iborat. Ranglar sxemasi quyidagicha:

Tarixi



Oʻrta asr bayroqlari



Stefan Uroš bayrogʻi
Vengriya qiroli Bena IV chet el hukmdorlarini qabul qilganida Bela IV saroyi oldida soʻnggi qirol Urošning bayrogʻini oʻrnatgan.

Stefan Dečanski bayrogʻi
1326-yilda qirol Stefan Dečanski Iskandariyadagi Mamluklar sultonligiga urush boshlaydi. Vizantiyaliklarning taʼkidlashicha, Velbajd jangida serblar tomonidan koʻtarilgan bir nechta urush bayroqlari boʻlgan va asosan bayroqlarning rangi sariq boʻlgan.

Stefan Dušan bayrogʻi
Serbiya qirolligini 1339-yilda boshqargan Stefan Dušan oʻz bayrogʻini ishlab chiqqan. Bayroqda ikki qizil boshli burgut tasvirlangan boʻlib, bayroqning rangi oq boʻlgan. Keyinchalik bayroqning yuqori va quyi qismlarining rangi qizil, markazining rangi esa oq rangga almashtirildi.

Zamonaviy bayroqlar




1835-yil qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, serbiya bayrogʻining asosini qizil va oq ranglar tashkil qiladi. Bayroq Rossiya tomonidan tanqid qilinib kelinadi, buni asosiy sababi esa bayroqning Fransiyaning inqilobiy bayrogʻiga oʻxshashidir. Keyinchalik Miloš Obrenović yangi konstitutsiyada ranglarni aniq qilib belgilashni taklif qildi va bayroqning yuqori qismiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hozirgi Serbiya bayrogʻining ranglari Rossiya bayrogʻiga oʻxshash, ammo bir xil emas. Rossiy bayrogʻi, Serbiya bayrogʻidagi ranglarning teskarisidir. Buni tushuntirish uchun turli hikoyalar mavjud:

1835-yildan 1918-yilgacha Serbiya davlati Xorvatlar va Sloveniya qirolligiga qoʻshilishganida ham oʻzining qizil, koʻk va oq rangli bayroqlarini ishlatishgan. 1918-yilda Vashingtondagi Oq uy tepasiga AQShning Serbiyaga birdamlik belgisi sifatida Serbiya bayrogʻi koʻtarilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Yugoslaviya oltita respublikadan tashkil topgan sotsialistik federativ respublikaga aylantirildi, ulardan biri Serbiya edi. Har bir respublika o'z bayrogʻiga ega bo'lish huquqiga ega edi, biroq unda sotsialistik qizil yulduz boʻlishi shart edi. Yugoslaviya parchalanganidan keyin Serbiya dastlab Yugoslaviya Respublikasi tarkibidagi hudud sifatida Serbiya bayrogʻidan foydalanishni davom ettirdi. 1992-yilda Serbiya konstitutsiyaviy referendumida saylovchilardan yulduzli yoki yulduzsiz bayroqni tanlashni hal qilishlari kerak edi. Ovoz beruvchilarning koʻpchiligi qizil yulduzli bayroqni tanlashdi. Shunga qaramay, 1992-yilda Serbiya parlamenti tavsiyasiga koʻra qizil yulduz bayroqdan olib tashlandi .

Serbiya bayrogʻi, millati serb boʻlganlar orasida mashhur boʻlib, Bosniya va Gersegovinada ham davlat bayrogʻidan koʻra Serbiya bayrogʻini afzal koʻrishadi.

Protokol



Davlat bayrogʻi



Davlat binolarining kirish joylarida doimiy ravishda davlat bayrogʻi hilpirab turadi. Voyvodina, Kosovo va Metoxiya provinsiyalarining muassasalari uni faqat milliy bayramlarda oʻrnatishadi. Shuningdek, u Serbiya uchun muhim voqealarni nishonlaydigan bayramlar va boshqa tantanali tadbirlar paytida va boshqa holatlarda oʻrnatiladi. Motam paytida esa, bayroq ustunning yarim qismiga tushiriladi. Saylov paytida har bir saylov uchastkalarda bayroq oʻrnatilgan boʻlishi shart..

Fuqarolik bayrogʻi



Serbiyaning fuqarolik bayrogʻi doimiy ravishda Milliy assambleya, viloyat organlari va davlat xizmatlari markazlarining kirish qismida hilpirab turadi.

Bayroqqa hurmat



Davlat bayrog‘i ham, fuqarolik bayrog‘i ham yerga tegadigan qilib ko‘tarilishi mumkin emas. Ular shikastlangan yoki foydalanishga yaroqsiz boʻlsa, ishlatilmasligi kerak.

Yomon ob-havo sharoitida bayroq koʻtarilmaydi. Kechki payti esa, bayroq atrofi yoritiladi.

Galereya




Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz