Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi




 

Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar futboli boʻyicha xalqaro musobaqalarda Serbiya sharafini himoya qiladi. Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Serbiya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ilgari Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1992-yil15-yanvardan 2003-yil 4-fevralgacha Yugoslaviya ayollar milliy terma jamoasi , keyin esa 2006-yil 3-iyunga qadar Serbiya va Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi sifatida xalqaro maydonlarga tushgan. Jamoa nomi rasman 2006-yil 28-iyunda Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi deb oʻzgartirildi. 

FIFA va UEFA maʼlumotlariga koʻra Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Serbiya va Chernogoriya ayollar terma jamoasining bevosita vorisi deb hisoblanadi. 

1921-yildan 1992-yilgacha Serbiyada ayollar terma jamoasi mavjud emas edi, chunki Serbiya dastlab Yugoslaviya Qirolligi (1918-1943) va keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Respublikasi (1945-1991) tarkibiga kirgan. Lekin bundan oldinroq Serbiya ayollar terma jamoasi 1919-yildan 1921-yilgacha mavjud boʻlgan va keyinchalik birinchi Yugoslaviya Qirolligi(1921) tashkil etilgandan soʻng oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1992-yilda tashkil etilgan yangi terma jamoa 2003-yilga qadar Yugoslaviya ayollar terma jamoasining bevosita vorisi deb hisoblanar edi.

Tarixi



2006-yilda Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasi tarqatib yuborilganidan soʻng, yangi tashkil etilgan Serbiya ayollar terma jamoasi 2007-yil may oyida Sloveniya ayollar terma jamoasiga qarshi birinchi xalqaro rasmiy oʻyinini oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda raqibalarini 5: 0 hisobida magʻlub etishdi.

2023-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichini Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yevropaning qudratli bo‘lgan Germaniya ayollar terma jamosi va kuchayib borayotgan Portugaliya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinlardagi ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. Natijada Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana yirik turnirga chiqa olmadi.

Jamoa tasviri



Jamoa laqabi



Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Beli orlovi (Oq burgutlar)“ laqabi bilan tanilgan.

Azaliy raqib



Erkaklar terma jamoasi singari Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ham Xorvatiya milliy ayollar terma jamasi bilan raqobatlashadi. Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyini soʻnggi yillarda, xususan, 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichidagi oʻyinlarda sezilarli darajada yaxshilangan boʻlsa-da, ushbu azaliy raqobatning hech bir tomoni yirik turnirda oʻzar toʻqnash kelmagan..

Murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi




Bosh murabbiylar tarixi




Oʻyinchilar



Hozirgi tarkib




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz