Sepp van den Berg




Sepp van den Berg (2001-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpool“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



PEC Zwolle



2012-yildan beri Zwolle yoshlar safida oʻynab kelgan Van den Berg 2018-yilning 11-mart kuni oʻzining asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 45-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Liverpool



2019-yilning 27-iyunida Van den Berg 1,3 million funt sterling evaziga „Liverpool“ga oʻtdi. Agar kelishilgan barcha shartlar amalga oshirilsa van den Berg maoshi 4,4 million funt sterlinggacha oshishi mumkin edi. U klubdagi debyutini 2019-yil 25-sentabrda Milton Keyns Donsga qarshi EFL kubogi oʻyinida oʻtkazdi. Van den Berg 30-oktyabr kuni EFL kubogi 4-bosqichida Liverpoolning „Arsenal“ ga qarshi 5:5 hisobidagi durang oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Ushbu oʻyinda penaltilar seriyasida „Liverpool“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi.

Preston North End (ijara)
2021-yil 1-fevralda Van den Berg 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Preston North End jamoasiga ijara asosida qoʻshildi. Besh kundan soʻng, u „Roterxem Yunayted“ga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib tushib, debyut oʻyinini oʻtkazdi.

2021-yil 21-iyun kuni Van den Berg Prestonga qoʻshimcha 12 oyga ijaraga berilib, shartnomasi uzaytirildi va 2021-22 yilgi mavsumda klubda qoladigan boʻldi. U oʻzining birinchi professional golini 2021-yil avgust oyida EFL kubogida Morecambe FCga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.

Xalqaro faoliyati



Van den Berg Gollandiyaning yoshlar terma jamoasida oʻynaydi. Gollandiya U19 terma jamoasida 10 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Van den Berg 2021-yil 12-oktabr kuni Uelsga qarshi oʻyinda (5:0) Gollandiya U21 terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti



Uning ukasi Rav Erediviziyada PEC Zwolle jamoasida oʻynaydi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari



Liverpool

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz