Sepoya




Sepoya (fors.toj. se — uch va poya ) — toʻgʻon, damba qurishda, daryo va anhorlarning qirgʻoqlarini suv yuvib ketishidan saklashda ishlatiladigan moslama. Uchta poya birbiriga uchburchak shaklida mustahkamlanadi. Hosil boʻlgan uchburchakning orasi harsang tosh va boshqa materiallar bilan toʻlgʻazilib, suv yoʻli toʻsiladi, qirgʻoq mustahkamlanadi. Sepoyani yasovchi ustalar sepoyachi deb atalgan. 20-asrning 40yillarigacha Oʻzbekiston irrigatsiyasida koʻp qoʻllanilgan. Yirik temirbeton toʻgʻonlar qurilishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz