Seo Yung-won
Seo Yung-Won (1970-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Chengdu Rongcheng jamoasini boshqaradi.
Futbolchilik faoliyati
Yuqori tezlikga ega boʻlgan qanot hujumchisi Seo „Nalssaendori“ laqabini oldi, bu koreyscha chaqqon odam degan maʼnoni anglatadi. U 1992-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan va Shvetsiya darvozasiga gol urgan. Xabar qilinishicha, unga Olimpiadadagi oʻyinlaridan soʻng "Barselona" va boshqa Yevropa klublari bilan shartnoma taklif qilishgan, ammo u ikki yillik majburiy harbiy xizmatni oʻtash uchun Janubiy Koreyada qolgan. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynagan va Ispaniyaga qarshi oʻyinda (2:2) gol muallifiga aylangan.
Sangmu FCda xizmat qilgandan soʻng, Seo Yevropada oʻynashni orzu qilgan va sinovlarda qatnashish uchun Germaniya hamda Gollandiyaga joʻnab ketgan. 1997-yilning yozida u Portugaliyaning „Benfica“ klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan va ular uchun mavsumoldi toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. Biroq, Koreya futbol assotsiatsiyasi uning 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqish uchun xorijda ishlashini maʼqullamagan.
1998-yilning yanvarida Seo Fransiyaning Strasburg klubiga qo‘shilgan va Liga 1da o‘ynagan birinchi Janubiy Koreyalik futbolchiga aylangan. U oʻzining birinchi mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazgan, ammo keyingi mavsumda murabbiy almashgach u zaxira oʻrindigʻidan joy olgan. Yozda Soe 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashgan.
1999-yil fevral oyida u Janubiy Koreyaga qaytib, Suwon Samsung Bluewings jamosiga qoʻshilgan. U Suwon bilan birga 12 ta sovrinni, shu jumladan olti yil davomida ikkita klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u Avstriyaning "Zalsburg " va Avstriyaning "SV Ried " klublarida oʻynagan. Avstriya Bundesligasida oʻynab, Soe Kurier va Sportwoche [de] ikki nashri tomonidan Avstriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Murabbiylik faoliyati
2007-yilning iyul oyida Janubiy Koreya bosh murabbiyi Pim Verbeek isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Seo terma jamoaning boʻsh boʻlgan boshqaruv lavozimi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan. 2009-yildan 2010-yilgacha u sobiq terma jamoadoshi va yaqin doʻsti Xong Myung-bo bilan Janubiy Koreyaning 20 va 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari murabbiylar shtabida birga ishlagan. 2010-yilda Seo Cho Kvang Rae boshchiligidagi katta jamoaning murabbiylar shtabiga qoʻshilgan. 2012-yildan Suwon Samsung Bluewings murabbiylar shtabining aʼzosi, 2013-yilda klub boshqaruvchisiga aylangan. Uning davrida „Bluewinglar“ 2014 va 2015-yilgi mavsumlarni ikkinchi oʻrinda yakunlagan va 2016-yilda Koreya FA kubogini qoʻlga kiritgan. FA kubogi finali diqqatga sazovor boʻldi, unda K ligasidagi eng yirik raqiblardan biri boʻlgan Suwon Samsung Bluewings va FC Seoul oʻynagan. Uchrashuvning qo‘shimcha bo‘limida „Seoul“ gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisobni 3:3ga tenglashtirgan. Final penaltilar seriyasiga koʻra hal boʻlgan va Suwon Samsung Bluewings 10:9 hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Futbolchi sifatida
Anyang LG Cheetahs Sangmu FC Suwon Samsung Bluewings SV Ried Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Murabbiy sifatida
Suwon Samsung Bluewings Manbalar
uz.wikipedia.org