SENT-POL



SENT-POL — AQShning shimol qismidagi shahar. Minnesota shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 287,1 ming kishi (2000). Missisipi daryosi bo’yidagi port. Poligrafiya, oziq-ovqat, kimyo, radioelektronika, Elektrotexnika, avtomobilsozlik va metallsozlik, harbiy sanoat, metallurgiya korxonalari; universitet bor. Shaharga 1841 yilda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz