Sentkristofer Va Nevis Federatsiyasi
Sent Kitts va Nevis , Sent Kits va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kitts and Nevis), Sent Kristofer va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) — Karib dengizining sharqiy qismidagi. Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 261 km². Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Baster shahar. (Sent Kitts orolda). Maʼmuriy bulinishi 2 birlikdan iborat.
Davlat tuzumi
Sent Kitts va Nevis — konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yil 19 sentabrda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya Qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hrkimiyat organi — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Orollar vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng yirik orol SentKristofer (koʻpincha Sent Kits deb yuritiladi). Nevis orol undan 3 km janubida joylashgan. Ikkala orol goʻzal hosildor vodiylardan iborat boʻlib, oʻrtasida togʻ choʻqqilari bor (eng baland joyi — Mizeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ikdim. Oʻr: ;cha oylik temperatura 18—24°. Yillik yogʻin 700–1200 mm. Togʻlarning quyi yon bagʻirlariga shakarqamish va gʻoʻza ekiladi, balandroqda togʻ tropik oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat.
Aholisining deyarli hammasi afrikalik qullarning avlodi boʻlgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Rasmiy til — ingliz tili.
Tarixi
Orollarga 1493-yil X. Kolumb kelgan. 17-asr boshlaridan Buyuk Britaniya bilan Fransiya urtasida talash bulgan. Bu yerda fransuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628-yil Nevis, 1783-yil esa Sent Kits orolni mustamlakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi— aravaklarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882-yil SentKits, Nevis va Angilya (Anguilla) orollari federatsiyasi tuzildi, u 1958— 62 yillarda VestIndiya federatsiyasiga kirdi. 1967-yil fevraldan u "Buyuk Britaniya bilan uyushtan davlat" maqomini oldi (may oyida Angilya federatsiyadan chikdi). 1983-yil sentabrdan Sent Kitts va Nevis mustaqil davlat. 1983-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19 sentabr — Mustaqillik kuni (1983).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Xalq faoliyati partiyasi, SentKristofer orolda 1965-yil tuzilgan; Sertashvish fuqarolar harakati, Nyovis oroldagi toʻrt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932-yil asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970-yil tashkil etilgan. SentKits—Nevis kasaba va ishchi ittifoqi, 1940-yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
Iqtisodiyotning asosi qishloq xoʻjaligi va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tashkil etadi. 8 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga SentKitsda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (mango, avokado, papayya va boshqalar) bilan band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas yetishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 310 km, tor izli temir yoʻl uzunligi —36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yogʻi va boshqa chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda bilan savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Gazetalari: "Demokrat" (haftanoma, 1948-yildan), "Leybor spouksmen" ("Ishchi notiq", haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1957-yildan). Radio va televideniye hukumat xizmati mavjud, radioeshittirishlar 1961-yildan, telekoʻrsatuvlar 1972-yildan olib boriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Sentkristofer va Nevis Federatsiyasi haqida batafsil ma'lumot:
Umumiy ma'lumot:
Sentkristofer va Nevis (to‘liq nomi: Sentkristofer va Nevis Federatsiyasi) Karib dengizida joylashgan kichik orollar davlati hisoblanadi. U Sharqiy Karib dengizi hududida Alexandria arxipelagi tarkibiga kiradi. Bu mamlakat ikki asosiy oroldan — Sentkristofer (Saint Kitts) va Nevisdan tashkil topgan. Har ikkala orol kichik bo‘lishiga qaramay, o‘zlarining noyob tarixiy, madaniy va tabiiy go‘zalliklari bilan ajralib turadi.
Geografiya:
- Aylanalish maydoni taxminan 261 km² ga teng.
- Sentkristofer oroli yirikroq bo‘lib, Janubiy-g‘arbiy qismda joylashgan.
- Nevis oroli esa janubiy-sharqiy qismda joylashgan va Sentkristoferdan alohida joyda, taxminan 3 km uzoqlikda joylashgan.
- Orollarda to‘fonlar kam uchraydi va iqlim tropik, issiq va nam hisoblanadi.
Tarix:
- Sentkristofer va Nevis avvaliga hindular tomonidan yashagan.
- 17-asrda fransuzlar va keyinchalik inglizlar tomonidan bosib olinib, o‘rmonlar kesildi va qand shakari plantatsiyalari yaratilgan.
- 1983 yilda Sentkristofer va Nevis Angliyadan mustaqillikni qo‘lga kiritgan va federativ davlat sifatida tashkil topgan.
Aholi:
- Aholisi taxminan 53,000 atrofida (2024 yil taxmini).
- Aholining asosiy qismi afro-karib aholisi bo‘lib, shuningdek evropalik, hind va boshqa etnik guruhlar ham mavjud.
- Rasmiy til ingliz tili hisoblanadi.
Iqtisodiyot:
- Iqtisodiyotning asosiy sohalari turizm, qishloq xo‘jaligi (asosan qandroq shakar ishlab chiqarish), moliya va xizmat ko‘rsatish sohalari.
- Turizm ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki orollar tabiiy go‘zal plyajlari, tarixiy yodgorliklar va suv sportlari bilan mashhur.
Siyosat:
- Sentkristofer va Nevis parlament tizimiga ega bo‘lgan konstitutsiyaviy monarxiya.
- Bosh davlat hukmdori — Angliya qirolichasi bo‘lib, uni Sentkristofer va Nevisda General-gubernator vakillik qiladi.
- Hukumat boshlig‘i — Bosh vazir.
Sayyohlik va madaniyat:
- Sentkristofer va Nevis Karib dengizi hududidagi eng tinch va xavfsiz joylardan biri hisoblanadi.
- Har yili Karib xalqining madaniyatini aks ettiruvchi turli festivallar, jumladan Sentkristofer va Nevis karnavali o‘tkaziladi.
- Orollarda tarixiy qasrlar, muzeylar va tabiiy bog‘lar ko‘p.
Transport:
- Sentkristoferda Robert L. Bredshou aeroporti joylashgan, u xalqaro aviakompaniyalarni qabul qiladi.
- O‘rtadagi kichik suv qirralari orqali Sentkristofer va Nevis o‘rtasida muntazam kema qatnovlari mavjud.
Xulosa
Sentkristofer va Nevis Federatsiyasi kichik, ammo tarixiy va madaniy jihatdan boy bo‘lgan Karib davlatidir. Har ikkala orolning o‘ziga xos tabiati, madaniy yodgorliklari va turizm imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bu mamlakatni Karib dengizining jozibali sayyohlik markazlaridan biriga aylantiradi. Mustaqillikdan so‘ng mamlakat o‘zining siyosiy va iqtisodiy barqarorligini saqlab qolishga harakat qilmoqda.